1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablariga muvofiq bilimli abituriyentlarni qo‘llab-quvvatlash, moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, ularning qobiliyatlarini yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etiladi.
2. Stipendiya 2024-2025-o’quv yilida talabalikka tavsiya etilgan kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar uchun amal qiladi.
II. Stipendiyaning maqsad va vazifalari
3. Stipendiyaning maqsadi: yo‘nlish kesimida fanlar bo‘yicha iqtidorli, qobiliyatli va iste’dodli yoshlarni aniqlash, ulardagi ijodiy qobilyatlarning ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashish va qo‘llab-quvvatlash.
4. Stipendiyaning asosiy vazifasi sifatida quyidagilar belgilangan:
- Oliygohga qabul qilinayotgan iqtidorli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish va rivojlantirishga ko’maklashish;
- qabul jarayonida ichki imtihon asosida abituriyentlarni saralash, qobiliyatli va iste’dodli abituriyentlarni aniqlash va tarbiyalashga qaratilgan ijodiy izlanishlari hamda mehnatini rag‘batlantirish;
- Stipendiya g‘oliblari orasidan universitet iqtidorli talabalar safini kengaytirish, bu orqali yoshlarni qo’llab-quvvatlash..