+998 78 113 26 26

UBSLIKLAR blogi

"Talabalar hayoti talabalar tilida"

Biz bilan bog’lanish

20 ta natija

Xususiy universitet, muhim, nufuz, sharoit, ta'lim

Universitetning nufuzli nomi muhimmi yoki u yerdagi ta'lim sifati?

Universitetning nufuzli nomi muhimmi yoki u yerdagi ta'lim sifati?"Bilim olishdagi asosiy poydevor, universitet yoki institutning nufuzli nomiga emas, o‘quv dargohidagi bilim berish yo‘nalishining to‘g‘riligi bilan mustahkam shakl hosil qiladi." (Karl Jeymson "O‘qi va boy bo‘l" kitobidan)Darhaqiqat, talabaning bilim egallashi va kelajakda o‘z o‘rnini topishida ta’lim berilayotgan dargohdagi "Yangi innovatsion dars tizimi" juda muhim ahamiyatga ega.Bu borada esa nodavlat universitetlarning shiddat bilan rivojlanib borayotgan yangidan yangi yo‘nalishlari, o‘quvchini darsga 100% jalb qila olish va ko‘nikma hosil qilishda qo‘llayotgan uslublari yaqqol dalildir. Shu o‘rinda O‘zbekistondagi nodavlat universitetlar qatorida yetakchi o‘rin egallan UBS universiteti va bu o‘quv yurtida talabalarning kun tartiblari, dars jarayonlari va hattoki bo‘sh vaqtlari qanday o‘tishi ham namuna bo‘la oladigan darajada.Xususiy universitetlar sharoitiUniversitetdagi barcha talabalar eng avvalo yorug‘ va keng xonalar, barcha standartlarga to‘laqonli javob bera oladigan jihozlar, eng asosiysi, o‘z auditoriyasiga allaqachon ega bo‘lgan malakali o‘qituvchi va mutaxassislardan dars oladilar. Qonun qoidalar va talab shu qadar o‘rinliki, barcha talabalar har bir dars uchun alohida tayyorlanadilar.Professor-o'qituvchilarMa’ruzalar ham kuchli bilimga ega o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Maqsad baho olish emas, dars jarayonidan talabaga nimadir bera olishdir. Kun mobaynida talabalarning deyarli bo‘sh vaqti bo‘lmaydi. Kattagina xazinani o‘ziga jamlagan kutubxona doimiy talabalar ixtiyorida. Va yana bir aytishga arzigulik, motivatsion shaklda tashkillanib boradigan tadbirlar, alohida o‘ringa ega. Turli anjumanlar, taniqli motivatorlar bilan suhbatlar, konsertlar, vebinarlar talabalarni bir xillikdan, charchoq va qiziqish sustlashishidan uzoqlashtiradi.Aynan shu UBS universitetining talabasi o‘laroq, aytishim mumkinki, o‘z yo‘nalishim bo‘yicha bilim olishda menda barcha imkoniyatlar aynan shu o‘quv yurtida mavjud. Sababi innovatsion texnologiyalar, kompyuterlashtirilgan sinfxonalari, kutubxona, darslarning uzviy bog‘liqligi va albatta malakali ustozlar, o‘z o‘rnim, kasbim va mutaxassisligim bo‘yicha yetuk kadr bo‘lib yetishishimda katta ahamiyat kasb etadi.

UBSLIKLAR blogi — 13-08-2024
391
diplom, oliy ma'lumot, universitet, grant, top 5, karyera

Oliy maʼlumotli bo'lish uchun TOP-5 sabab

Oliy maʼlumotli bo'lish olish uchun TOP-5 sababOliy taʼlim inson hayotidagi eng muhim qadamlardan biri boʻlib, u nafaqat kasbiy rivojlanish, balki shaxsiy oʻsish uchun ham keng imkoniyatlar yaratadi. Oliy taʼlim olish qarorini qabul qilayotganlar uchun quyida eng muhim beshta sababni keltiramiz.1. Orzudagi kasbni tanlash va shaxsiy rivojlantirishOliy taʼlim sizning orzularingizni amalga oshirishda muhim rol oʻynaydi. Ushbu jarayon davomida siz oʻzingizning qiziqishlaringiz va qobiliyatlaringizni kasbga aylantirishingiz mumkin.2. Ziyoli doʻstlar davrasiOliy taʼlim jarayonida Siz oʻzingiz kabi ziyoli, ilmli va ishbilarmon doʻstlar orttirasiz. Bu doʻstlar Sizning shaxsiy va kasbiy rivojlanishingizda muhim rol oʻynaydi, chunki ular bilan fikr almashish va hamkorlik qilish orqali Siz oʻz qobiliyatlaringizni yanada rivojlantira olasiz.3. Ulkan maqsadlarga erishish imkoniyatiOliygohdagi ustozlar sizga katta maqsadlar qoʻyish va ularga erishish uchun yoʻnalish beradi. Taʼlim jarayonida siz nafaqat kichik rejalarga, balki ulkan maqsadlarga erishish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar va bilimlarni orttirasiz.4. Yuqori lavozim va moliyaviy barqarorlikOliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislar koʻpincha rahbarlik lavozimlariga jalb qilinadi. Bu esa ularning moliyaviy mustaqillikka erishishlari hamda barqaror rivojlanishlariga xizmat qiladi. Bu nafaqat professional oʻsish, balki shaxsiy farovonlikni taʼminlash uchun ham muhimdir.5. Ilm yoʻli va yangi kashfiyotlarOliy taʼlim ilmiy izlanishlar olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Taʼlim davomida siz ilmiy tadqiqotlar olib borish, yangi kashfiyotlar qilish va oʻzingizni ilmiy sohada kashf etish imkoniga ega boʻlasiz. Bu jarayon orqali siz nafaqat oʻz bilimingizni kengaytirasiz, balki insoniyatga yangi ilmiy yutuqlarni taqdim etish imkoniga ham ega boʻlasiz.

UBSLIKLAR blogi — 16-08-2024
642
talaba, ubs, orzu, maqsad, ilm, universitet, blog

Hayotimdagi eng muhim kun: UBS talabasi bo'ldim

"Hayotimdagi eng muhim kun: UBS talabasi bo'ldim"Tibbiyot kollejida tahsil olayotgan paytlarimda, orzularim cheksiz edi. Oliy ta'lim muassasasiga kirib, talabalarga o'z soham bo'yicha dars berishni orzu qilardim.Ammo qishloqda yashaganligim sababli, oila qurish bizning hududda asosiy masala hisoblanadi. Ota-onam menga, "Tengdoshlaring allaqachon farzandli bo'lib ketishdi, kollej yetadi, institutda o'qimaysan," deb turib olishdi.Orzularim, istaklarim, rejalarim bir lahzada yo'q bo'lganday edi. Ota-onam maqsadlariga yetishdi, men esa yaxshi oilaning yaxshi bekasi bo'lib qoldim. Oradan 12 yil o'tdi. Ayol makrimi yoki oliy ta'limga bo'lgan intilishim sababmi, men turmush o'rtog'imdan universitetga hujjat topshirish uchun ruxsat oldim. U kishi: "Mayli, faqat bog'cha tarbiyachisi bo'lasiz, qolganiga ruxsat yo'q," dedilar.Orzularim qayta uyg'ongan kunShundan keyin ichimda so'nib borayotgan uchqun yana alangalanib ketdi. Men o'zimga "Uddalayman!" deb so'z berdim va astoydil harakat qildim. Test topshirish kuni keldi. Imtihon paytida mendagi hayajonni so'z bilan ta'riflash qiyin. Natijalar e'lon qilindi: 83,2 ball. Katta umidlar bilan turib edim, lekin bir lahzada hammasi tugaganday bo'ldi, ustimdan muzdek suv quyib yuborilganday edi.Bir kuni ovsinim menga: "Opa, Namanganda UBS degan oliy ta'lim muassasasi ochilgan" — deb xabar berdi, "bu ball bilan kirsa bo'larkan".Ichimda nimadir sodir bo'ldi... Va nihoyat... Men orzu qilgan kun keldi. Men talabaman. Men uddaladim.Bugun men eng baxtli ayolman. Ota-onam orzu qilgan yaxshi oilaning kelini, o'g'il va qiz nabiralarning onasiman. Turmush o'rtog'im xohlaganidek bo'lajak bog'cha tarbiyachisi, va o'zim xohlagandek O'zbekistonning eng yaxshi nodavlat oliygohi — UBSning talabasi bo'ldim.Kelajakdagi maqsadlarimUniversitet menga orzularimni, ulkan rejalari qaytarib berdi. Men UBS bilan faxrlanaman. Bugungi kunda rus va ingliz tillari kurslarida tahsil olyapman. Maqsadim — ta'limning magistratura va doktorantura bosqichlarida o'qish va talabalarga o'z yo'nalishimda fidoiylik bilan dars o'tish.Agar bog'chada tarbiyachi bo'lsam, 20-30 nafar bolaga ta'lim beraman, mudira bo'lsam esa 200-250 nafar bolani tarbiyalayman. Ammo, oliygoh ustozi bo'lsam, jamiyatimizning katta bir qismiga, ya'ni o'z kasbiga sodiq va jon kuydirib xizmat qiladigan kadrlarni tayyorlashda yordam bergan bo'laman. Bu esa mening eng katta orzularimdan biridir.

UBSLIKLAR blogi — 20-08-2024
595
universitet, muhim, kun, talaba, universitet, ubs

UBS — orzularim ro‘yobi

UBS — orzularim ro‘yobiBolalikdan ulg‘ayib, maktab tomon yo‘l oldim. Maktab dargohi — ilmlar makoni, u yerda tarbiya va ilm o‘rgandim, ko‘plab fanlarni qiziqish bilan o‘qidim. Ammo vaqt degani bir pastda o‘tib ketar ekan, 9-sinfni a'lo baholarga tamomladim va oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirdim. Dildagi hayajon va qo‘rquv bilan imtihonlarni topshirdim, lekin natija men kutganidek bo‘lmadi. Men o‘qishga kirolmadim.O‘zimdan juda xafa bo‘ldim, ammo bizning paytimizda kollejda o‘qish imkoniyati bor edi va men u yerga kirdim. Uch yil davomida o‘qib, o‘rganib, yana oliy ta'limga hujjat topshirdim. Afsuski, yana o‘sha holat takrorlandi. Yuragim og‘ridi, o‘zimni yomon ko‘rib ketdim, "Nahotki, men shunchalar omadsizman?" deb yig‘ladim.Kunlar, oylar o‘tdi, tumanimizdagi maktabgacha ta'lim muassasasiga ishga kirdim va u yerda olti yil faoliyat olib bordim. Shu fursat ichida yana oliy ta'limga hujjat topshirdim, lekin niyatimga yetolmadim. Bu 6-7 yil davomida ish, bola-chaqa, ro‘zg‘or yumushlari bilan band bo‘ldim.So‘ngra Allohimga iltijo qilib, 2021-yilning yoz oyida yana oliy o‘quv yurtiga o‘qishga topshirdim. Endi menda qo‘rquv, hayajon, va ko‘p savollar bor edi. "Yana imtihondan o‘tolarmikanman?" — degan savol meni qiynardi. Lekin... yana omad mendan yuz o‘girdi. Umidlarim, orzularim, maqsadlarim chippakka chiqdi va men yana o‘tolmadim. "Bo‘ldi, endi o‘qimayman, baribir mendan o‘qituvchi chiqmas ekan," deb yig‘ladim. Ichimda millionlab chiroqlar, shamlar yoqishsa ham ko‘nglim yorishmasdi.Hayotimdagi eng quvonarli kunYana kunlar ketidan kunlar o‘tdi. Yoz, kuz, qish fasli ham o‘tdi. Kunlardan bir kun, 7-mart 2022-yil soat 09:30da, o‘sha kundagi voqea yuragimda muhrlanib qolgan. Menga telefon bo‘lib, "Siz Ominjonova Gulzodamisiz? Biz siz bilan Toshkentdagi UBS universitetidan aloqaga chiqdik. Siz talaba bo‘lishni xohlaysizmi? Bunga imkoningiz bor," deyishdi.Bilasizmi, gapirgani tilimga so‘z kelmaydi, qo‘llarim qaltirab, hayajon juda kuchli edi, yuragim hapqirib ketdi. Faqat "Ha, ha, ha," deyish bilan kifoyalandim. "Xo‘p, unda siz bilan yana bog‘lanamiz," deyishdi. Bir qarorga kelishimni so‘rashdi.Uyga qaytib, qaynotamga va turmush o‘rtog‘imga aytdim, tushuntirdim. Qaynotam boshida ishonmadi, "Noqonuniy, ishonchli emas, xususiy," deb ko‘nmadi. Shunda o‘zimda qandaydir kuch paydo bo‘ldi: "Dada, men o‘qiyman! Davlat o‘quv yurti bilan bir xil sharoiti, diplomi bor," deb aytdim va rosa yig‘ladim.Keyin o‘qishni manzilini olib, Namangandagi yaqin hududni tanlab, turmush o‘rtog‘im bilan bordim. Ko‘zimda yosh, ishonch, qaynotamga bergan va'dalarim, o‘qishga kirolmagan kunlarimni eslab, UBS binosiga yetib keldim. Hujjatlarimni qabul qilishdi va biroz vaqt ichida qo‘limga talabalik shartnomasini berishdi.Xursandchiligim cheksiz edi, dunyodagi eng baxtli ayolga aylandim. O‘sha kundan beri rejalarim, maqsadlarim o‘zgardi. Hozir aytishim mumkinki, men baxtli ona va baxtli ayolga aylandim. Tuyg‘ularimni ifodalashga so‘z yetmaydi. UBS tufayli sinib qolgan qanotim tiklandi, singan qalbim va o‘ksik ko‘nglim taskin topdi.

UBSLIKLAR blogi — 21-08-2024
400
muvaffaqiyat, universitet, talaba, alkimyogar

Muvaffaqiyat uchun faqat bir yo'l bor

Muvaffaqiyat uchun faqat bir yo'l borBu yerda, eng avvalo, halollik bor!Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bu texnika zamonida, faqatgina o'qigan va harakat qilgan insongina muvaffaqiyatga erishadi. "Hayotning asl mohiyati — yetti marta yiqilib, sakkizinchi bor oyoqqa turib keta olishdadir" (P. Koelo — "Alkimyogar").Darhaqiqat, inson ilm yo'lidami yoki hunar egallamoqchimi, albatta avvalo o'zi ustida astoydil izlanishi kerak. Chunki hozirda hamma bilimli, hamma aqlli. Zo'rdan zo'r chiqmoqda. Hayotda o'z o'rningizni topishingiz uchun bugun harakat qiling. Men bu borada UBSni tavsiya qilaman.Nima uchun deysizmi? Unda eshiting!BirinchidanBu yerda eng avvalo halollik bor. Chunki to'g'ri yo'l bor joyda osoyishtalik bo'ladi. Halollik bor joyda baraka bo'ladi. Bu yerdagi ustozlar eng avvalo kasbini sevishadi, shuning uchun sidqidildan dars o'tishadi. Axir sevgan ishing bilan shug'ullanish insonga huzur baxsh etadi. Eng tajribali professor-o'qituvchilar biz yoshlar uchun bilim berishadi.IkkinchidanBilimga boy kutubxona mavjud. O'qituvchilar bergan bilimlarni takrorlash va yangiliklarni o'rganish uchun kitoblarga boy kutubxona va onlayn kutubxona yoshlar ixtiyorida. Abu Ali ibn Sino shunday degan: "Ilmdan bir shula dilga tushgan on, shunda bilursan ki ilm bepayon."UchinchidanIntellektual va sport musobaqalari o'tkaziladi. Har bir insonning o'z qobiliyati bor: kimdir sportda zo'r, kimdir bilimda. UBS esa yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashdan charchamaydi. Bilasizki, bahs-munozara bor joyda o'sish bo'ladi. Yoshlarni nafaqat ma'naviy, balki moddiy jihatdan ham qo'llab-quvvatlashni yaxshi ko'radi. Ular uchun grantlar, stipendiyalar, vaucherlar va qimmatbaho sovg'alar ulashishda hech bir oliygoh UBSga yetolmaydi.To'rtinchidan"Ustoz-shogird" an'anasi mavjud. O'qituvchilar nafaqat ustoz, balki ular do'st hamdir. Ular suhbatdosh, sirdosh, maslahatgo'y va motivator bo'lib, yoshlarning o'z fikrlarini erkin ifoda etishlari uchun muhim rol o'ynaydi. Bilimga ega bo'lib, o'z so'zlari orqali ma'lumotni ifoda eta olmaslik, hozirgi yoshlar orasida keng tarqalgan asosiy muammolardan biridir. Bu borada UBS ustozlari va talaba yoshlari o'rtasida hech qanday muammo yo'q, chunki ular bir oiladir.BeshinchidanUBS — O'zbekistonning eng yaxshi nodavlat oliygohi. Men UBS bilan faxrlanaman va uning rivoji uchun o'z hissamni albatta qo'shaman. Dunyoning eng kuchli universitetlar "Top-1000" taligiga biz siz bilan birgalikda kiramiz. Axir bir nechta chet el oliygohlari bilan hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolangan, UBS talabalari o'z o'qishlarini bemalol chet ellarda davom ettirish uchun imkoniyatga ega.Bir so'z bilan aytganda, UBS yoshlar kelajagi uchun qayg'uradigan eng jonkuyar oliygohdir. Shuncha imkoniyatlar bor ekan, biz faqat va faqat o'qishimiz kerak.

UBSLIKLAR blogi — 24-08-2024
1053
Mustaqil ta'lim, sirtqi ta'lim,

Mustaqil ta'lim ahamiyati

Mustaqil ta'lim ahamiyatiBugun men sizlarga UBSda sirtqi ta'lim talabalari uchun yaratilgan noyob imkoniyatlar haqida gapirib bermoqchiman. Bu imkoniyatlar orasida, talabaga mustaqil ta'lim olish imkoniyatining berilishi muhim o'rin tutadi.Sirtqi ta'lim jarayonida dars soatlarining to'rtdan biri universitetda ustozlar nazorati ostida o'tkaziladi, qolgan uch qismini esa talaba mustaqil ravishda o'rganadi. Talaba darslarda olgan bilimlarini mustaqil ishlash orqali chuqurlashtiradi. Topshiriqni bajarish majburiy bo'lsa-da, uni qanday usulda bajarish talabaning o'z tanlovi asosida amalga oshiriladi. Fan yuzasidan beriladigan mavzularni ham o'quvchi mustaqil ravishda tanlaydi. Ustoz tomonidan esa turli xil variantlar tavsiya etiladi. Masalan:Referat yozish,Tarqatma testlar,Savol-javob tarqatmalari,Krossvordlar,Mavzuga oid ijodiy ishlar,Didaktik o'yinlar va boshqalar.Mustaqil ta'limning ahamiyati nimada?Sirtqi ta'lim talabalari bilimlarini oshirish, mustahkamlash, takrorlash, yangiliklar yaratish hamda o'z ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun mustaqil ta'lim muhimdir.Tavsiyalar:Agar siz o'rganayotgan fanning qaysidir mavzusini to'liq tushunmagan bo'lsangiz, uni mustaqil ta'lim uchun tanlash maqsadga muvofiqdir. Sababi, mustaqil izlanish davomida siz mavzuni qayta-qayta o'qish orqali uni 85% gacha o'zlashtirishingiz mumkin. Shunday ekan, sizga qiyin tuyulgan mavzularni tanlab, chuqurroq o'rganing. Natijada bu mavzuni boshqa barcha mavzulardan ko'ra yaxshiroq tushunganingizni sezasiz.UBSda o'qituvchilar yordami har doim mavjudSirtqi ta'lim talabalari eng ko'p murojaat qiladigan talabalar qatoriga kiradi, va UBSning hech bir ustozi ularga savollariga javob berishdan charchamaydi. O'qituvchilarimiz talabalarning har biriga e'tibor qaratib, kerakli ko'rsatmalar va tavsiyalar bilan yordam beradi. Mustaqil ta'lim esa har bir talabaga o'z bilimini oshirishda bebaho imkoniyatlar yaratadi. Biz bu vazifani sidqidildan bajaramiz va talabalarga eng yaxshi ta'lim sharoitini taqdim etamiz.

UBSLIKLAR blogi — 16-09-2024
707
UBS Imtihon Jarayonlari: Shaffoflik va Adolatning Namoyishi

Kelajak bugun mehnat qilganlarniki!

Kelajak bugun mehnat qilganlarniki!Bugun sizlar bilan oliygohimizdagi eng hayajonli va emotsiyalarga boy lahzalar haqida oʼrtoqlashmoqchiman. Ha, siz toʼgʼri oʼyladingiz – bu IMTIHON jarayonlari. Undagi hayajon, ikkilanish va qoʼrquv hech bir talabani bir lahzaga boʼlsada befarq qoldirmaydi.Ishonch bilan ayta olamanki, UBSda imtihon jarayonlari mutlaqo sof va shaffof tarzda oʼtkaziladi. Dastlab imtihon olinadigan xonalardan boshlaymiz. Ular 100% kamera nazorati ostida boʼladi. Talabalar xonaga oʼquvchi formasida, qoʼllarida ruchka va ichimlik suvi bilan kirishadi. Guruh sardori ustki qismi pechatlangan daftarlarni oʼqituvchi stoliga qoʼyadi. Shu kuni hattoki fan oʼqituvchisi ham faqat qoʼlida konvert bilan xonaga kiradi. Rahbariyat tomonidan belgilangan imtihon topshiriqlari oldindan konvertlarga solinadi va oʼqituvchi talabalar koʼz oʼngida konvertni ochadi. Soʼng daftar va topshiriqlar talabalar oʼrtasida tarqatiladi.Ana endi xammasi oshkora boʼladi – oʼqituvchi shunchaki nazorat qiladi xolos. Bu paytda xonadagi sukunatni soʼz bilan ifodalash qiyin. Sukunatni hatto suvning tiniq ovozi singari jimjitlik bosadi, faqat baʼzi talabalar chuqur nafas olib, stressni yengishga harakat qilayotganini eshitish mumkin.Dars tayyorlagan, bilimga intilgan talabalar imtihonni birinchilardan boʼlib topshirib, xonani tark etadi. Ha, vaqt tugashidan oldin imtihon topshirgan talabalar xonadan chiqishga ruxsat beriladi.Ertasi kuni fan oʼqituvchisi guruh sardoriga kimlar imtihondan oʼtolmagani haqida xabar beradi. Oʼsha paytda aniq boʼladi – kimlar oʼqigan, kimlar shunchaki borib kelgan. Bu ham hayajonli lahza, chunki bu yerda omadning aloqasi yoʼq. Ustoz 3 baho olgan talabani ham keyingi semestrga oʼtkazadi, lekin imtixondan oʼtolmagan talabalar qayta topshiradi. Bu sanani esa rahbariyat belgilaydi.UBS yoshlar uchun qaygʼuradi va yana bir bor imkoniyat beradi. Agar shunda ham talaba yiqilsa, u kredit modul uchun jarima toʼlaydi. Shunday qilib, kontrakt uchun pul sarflab, oʼqishga kelish uchun vaqt sarflab, imtihondan yana oʼtolmaslik bu juda achinarli holat.Hurmatli UBS talabalari, ortda qolgan buguningiz uchun vijdoningizga hisob berib koʼring. Bugun oʼzingizdan qoniqdingizmi? Ertangi kunga tayyormisiz?

UBSLIKLAR blogi — 01-10-2024
179
Vaqtni Samarali Rejalashtirish TOP-5 Maslahat

Lider talaba bo'lish uchun TOP 5 maslahat

Lider talaba bo'lish uchun TOP 5 maslahatBugungi Lider Talabalar Qatorida Bo'lishni Istaysizmi?Unda vaqtingizni reja asosida sarf eting. Hozirda ko'pchilikning "vaqti yo'q".Dars tayyorlashga vaqti yo'q.Ovqatlanishga vaqti yo'q.Mehmonlarga borgani vaqti yo'q.Do'stlar bilan uchrashishga vaqti yo'q.Pul topish kerak, lekin vaqti yo'q.Ilmiy ish qilish kerak, afsuski, buning uchun ham vaqti yo'q.Til o'rganmoqchi, lekin buning uchun ham vaqti yo'q.Albatta, vaqt yetmaydi, agar 24 soatingizni internet tarmoqlarida sarflasangiz.Bugun sizlarga vaqtni qanday barqarorlashtirish haqida TOP-5 maslahatni aytib o'tmoqchiman. Ularni amalga oshirsangiz, hammasiga ulgurasiz!Tayyormisiz?Unda boshladik!1. Erta uyg'oningErtalab erta tursangiz, vaqt ko'p bo'ladi. Nonushtasiz ko'chaga chiqmang. Nonushtada baraka bor, shunda ko'chada choy ichishga ehtiyoj qolmaydi va pulingizni tejaysiz.2. Reja asosida ishlangHar bir kuningizni daqiqasigacha reja asosida o'tkazing. Rejali ish vaqtni unumli sarflashga yordam beradi. Internetdan faqat zaruriyat uchun foydalaning, keraksiz narsalarga vaqt sarflamang.3. Darslarni tayyorlangBugun berilgan topshiriqni bugun bajarishga odatlaning. "Darsimiz bor kuni tayyorlayman" deb aytmang. Har kuni 10 ta so'z yodlang, shunda 6 oy ichida istalgan tilni tushuna boshlaysiz. Til bilgan el biladi. Til o'rganish orqali dunyoni anglash osonroq bo'ladi.4. Pul topishga intilingQo'shimcha daromad manbaini toping. Qo'lingizdan keladigan ish bilan shug'ullaning. Talaba bo'lish faqat pul sarflash degani emas. Harakat qiling, hech bo'lmaganda oilangizning pulini qadrlashni o'rganasiz. Atrofingiz to'la imkoniyat, faqat uni ko'ra bilish kerak. Yo'lini topsangiz, pul o'zi sizni topadi.5. Halol bo'lingJamoada hurmatingiz yuqori bo'ladi. Hech kimning haqiga hiyonat qilmang. Ishonchli bo'ling, shunda insonlarning qalbida sizga nisbatan iliqlik paydo bo'ladi. Sizga eng nozik vazifalarni topshirishadi va yuksalishingiz oson bo'ladi.XulosaMana talabalar uchun vaqtni qanday rejalashtirish kerakligi haqida top-5 maslahat. Agar yuqoridagi qoidalarga amal qilsangiz, eng zo'r talabaga aylanasiz. Siz uddalaysiz, biz sizga ishonamiz. Har bir kuningizni samarali o'tkazib, o'zingizdan faxrlaning!

UBSLIKLAR blogi — 01-10-2024
271

CV o‘zi nima? Rezyumedan qanday farqi bor?

CV o‘zi nima? Rezyumedan qanday farqi bor?CV lotincha "curriculum vitae” (course of life) so‘zidan olingan bo‘lib, professional va akademik faoliyatingizni aks ettiruvchi batafsil hujjat (bizdagi tarjimayi holga qisman to‘g‘ri keladi). CV odatda har xil xalqaro universitetlar, grantlar, stipendiyalar, tanlovlar yoki ishga qabul uchun so‘raladi va undagi ish tajribangiz va yutuqlaringizga asoslanib sizni kerakli tashkilot dastur uchun tanlab olishlari mumkin bo‘ladi.CV ga nimalar haqida yozish mumkin?Bog‘lanish uchun kontakt;Akademik faoliyat;Kasbiy tajriba;Malaka va ko‘nikmalar;Grantlar va stipendiyalar;Sertifikatlar va litsenziyalar;Mukofotlar hamda yutuqlar;Shaxsiy ma’lumotlar (ixtiyoriy);Ko‘ngilli ish (volontyorlik harakati);Maqola va nashrdan chiqqan ishlar;Hobbi va shaxsiy qiziqishlar (ixtiyoriy).CV builder, CV maker, Resume builder, Resume Coach kabi bir qancha saytlar orqali bemalol CV tayyorlash mumkin.

UBSLIKLAR blogi — 11-01-2025
30

Portfolio yaratish qanchalik muhim?

Bugungi raqobatbardosh ish bozorida muvaffaqiyatli karyera qurish uchun faqat yaxshi baholar va diplom yetarli emas. Bilim va ko‘nikmalaringizni, yutuqlaringizni aks ettiradigan jozibador portfolioni yaratish ham muhim ahamiyatga ega. Nima uchun? Keling, bu haqida batafsilroq to‘xtalib o‘taylik. -      ­O‘zingizni namoyish qilishRezyumeda qisqa yozilgan ma’lumotlardan farqli o‘laroq, portfolio orqali siz bajarilgan loyihalaringizni batafsil ko‘rsatib berishingiz mumkin. -       Professional imidj yaratishU orqali ish beruvchilar va mijozlar sizning tajribangiz va kasbiy yondashuvingizni ko‘rishi mumkin. Bu sizning shaxsiy brendingizni shakllantirishda yordam beradi. -       Ishga kirish imkoniyatlarini oshirishJozibador va tartibli portfolioga ega bo‘lgan nomzodlar esa ishga qabul qilishda yuqori imkoniyatlarga ega bo‘lishadi. Portfolioda aniq va o‘lchab bo‘ladigan natijalarni ko‘rsatish sizning ustunligingizni oshiradi. -       O‘sib borayotganingizni ko‘rsatishPortfolio — bu sizning kasbiy rivojlanishingizni kuzatish vositasi. Har bir yangi loyiha va yutuqni qo‘shib, boshqa joylarga murojaat qilganingizda bu o‘sishni ko‘rsatishingiz mumkin. -      Shaxsiy loyihalar va qiziqishlarPortfolioda shaxsiy loyihalar, hobbilaringiz va qiziqishlaringiz ham bo‘lishi mumkin. Bu sizni yanada ko‘p qirrali va qiziqarli nomzod sifatida ko‘rsatadi. -       Networking yaratishPortfoliolar onlayn platformalarda bo‘lsa, u sizni kengroq auditoriya bilan tanishtirish imkonini beradi. Yutuqlaringizni namoyish etadigan portfolio tayyorlang va muvaffaqiyat sari dadil qadam tashlang!

UBSLIKLAR blogi — 10-01-2024
32

Netvorking ahamiyati nimada?

Bugungi global va raqobatbardosh ish bozorida muvaffaqiyatli karyera qilishda netvorking, ya’ni aloqalar tarmog‘i yaratish, muhim o‘rin tutadi. 1. Imkoniyatlar ochadiKaryerada ko‘plab imkoniyatlar bevosita tanishlar va professional aloqalar orqali keladi. Ishga joylashish yoki hamkorlik qilish ko‘pincha tavsiyalar va shaxsiy aloqalarga asoslanadi. 2. Bilim va tajriba almashishSizdan ko‘ra tajribali odamlar bilan muloqot qilish orqali muhim bilim va maslahatlar olishingiz mumkin. Bu sohangizdagi yangi tendensiyalar va imkoniyatlardan xabardor bo‘lishingizni ta'minlaydi. 3. Shaxsiy brendni rivojlantirishNetvorking orqali o‘zingizni sohaga oid ekspert sifatida ko‘rsatishingiz va boshqalarga tanitishingiz mumkin. Bu professional obro‘ingizni oshiradi. 4. Qiyinchiliklarni yengishMasalan, yangi loyiha boshlashda yoki muayyan masalalarda maslahat so‘rashda foydali bo‘ladi. -      Samarali netvorking nafaqat yangi imkoniyatlar ochib beradi, balki bilim almashish, tajriba orttirish va karyera maqsadlariga tezroq erishishda yordam beradi. 

UBSLIKLAR blogi — 10-01-2025
24

Ish haqi oshirishni qanday to’g’ri so’rash kerak? 5 ta maslahat

Ish haqi oshirishni qanday to’g’ri so’rash kerak? 5 ta maslahat"Oyligim oshmasa..."Zamonaviy kasblarda deyarli hamma birinchi boshqa joydan balandroq ish taklifi olib, keyin menejer bilan gaplashadi. Bu eng oddiy va effektiv usul. Lekin “mayli ketaver” deyishlariga tayyor turing.Bozorni doimo analiz qilingSizni pozitsiyangizdagi ishchilarga boshqa kompaniyalar qancha to’lashyapti. Va ulardan aynan qaysi bilimlar talab qilinyapti. Buni HH kabi saytlardan bilsangiz bo’ladi. Mas’uliyat va ish miqdoriga qarangIshga kirganingizdan beri sizni zimmangizga qo’yilgan talablar/mas’uliyat + ish miqdori oshgan bo’lsa, demak oylik ham o’sishi kerak. + inflyatsiya va boshqa omillarni ham unutmang. Delikat tushuntirsa bo’ladi bu omillarni.Natijalarni sarhisob qilingUlarda qanchalik sizni hissangiz bor va, eng muhimi, kelajakda yana qancha natija ko’rsatishingiz mumkin. Odatda, rahbarlar uchun kecha emas, ertaga nima qila olishingiz muhim. Shundagina sizga ko’proq investitsiya kiritishlari mumkin.Yo’q deyishlaridan QO’RQMANGAgar hozirgi hayotingizdan va olayotgan maoshingizdan mamnun bo’lmasangiz, ish ham tatimaydi. Qadringizni bilib, o’zingizga mos va sizni qadrlaydigan kompaniyaga ishga kiring! ©️ Samira Latipova

UBSLIKLAR blogi — 10-01-2025
26

Kasb tanlashdagi 5 ta afsona

1.BIR UMRGA BITTA KASB TANLASH KERAK9-sinfda bizni bitta kasb tanlashga majburlashgani esimda. O'shanda men "Marketing" yo'nalishini tanlagandim.U paytda bu tanlov butun hayotimga ta'sir qiladi, deb o'ylagandim. Ammo aslida, so'nggi 5 yil ichida 150 dan ortiq yangi kasblar paydo bo‘ldi, ularning borligini o'sha vaqtda tasavvur ham qilmagandim. Masalan, men bolaligimda Product Manager degan kasb borligini ham bilmasdim. 2.KORPORATIV QULLIK AFSONASIKo'pchilik o'z biznesini qilish baxtliroq bo'lishga olib keladi, deb o'ylaydi. Ammo aslida, eng ko'p charchash va stress (burnout) aynan tadbirkorlikda uchraydi.Qayerda ishlashingizdan qat'i nazar, ish tanlash va sharoitlarni belgilashda tanlovni faqat siz qilasiz, ish beruvchi emas.3.AVVAL KASB TANLASH, KEYIN ISH BOSHLASH KERAKAslida esa, birinchi navbatda kasbni sinab ko'rish kerak. Ushbu sohaga qiziqqan odamlar jamiyatiga qo'shilib, tajriba to'plash va dastlabki qadamlarni tashlash lozim. Shundan keyingina ushbu kasbni tanlash yoki boshqa yo'nalishga o'tishga qaror qilsangiz bo‘ladi.4.QIZIQISH PUL OLIB KELMAYDIAslida esa, uzoq muddat davomida faqat o'zingizga yoqadigan ishni qilishingiz mumkin. Har qanday ishning 80 foizi odatiy va takrorlanadigan vazifalardan (rutinadan) iborat bo'lib, ular sizga zavq bag'ishlashi kerak. Biror sohada uzoq vaqt ishlasangiz, o'z sohangizda professional bo'lasiz. Professional darajadagi mutaxassislar esa yaxshi daromad topadi.5.FAQAT IT VA DASTURLASHDA KATTA PUL BORIT sohasidagi eng katta daromadni muvaffaqiyatli asoschilar, investorlar va ularning yaqinlari topishadi. Dasturchilar orasida esa, faqatgina muammolarni zavq bilan hal qiladigan va kod yozishni sevganlar yaxshi maosh olishadi.O'rtamiyona dasturchilarga esa ko'p pul to‘lanmaydi.©️ Samira Latipova

UBSLIKLAR blogi — 13-01-2025
34

Shaxsiy brend nima?

Shaxsiy brend Shaxsiy brend – bu shaxsning o‘z qadr-qimmati, bilimlari, tajribasi va shaxsiy xususiyatlarini ko‘rsatib, jamiyatda o‘ziga xos obraz yaratishi. Shaxsiy brendning muhim jihatlari:1. Obro‘ va ishonch: Shaxsiy brend sizni boshqalarga tanitadi va ular orasida ishonch uyg‘otadi. 2. O‘ziga xoslik: Har bir insonning o‘ziga xos qobiliyatlari va xarakteri bo‘ladi. Shaxsiy brend ushbu xususiyatlarni ta’kidlaydi. 3. Professional yutuqlar: Shaxsiy brend orqali o‘z sohangizda ekspert ekanligingizni ko‘rsatishingiz mumkin. Shaxsiy brendi bor insonlar sifatida quyidagilarni aytishimiz mumkin: -      Ilon Mask:Tesla va SpaceX asoschisi Ilon Mask o‘zining innovatsion g‘oyalari bilan tanilgan. Uning har bir chiqishi va qarori uning brendini yanada mustahkamlaydi. -      Cristiano Ronaldo:Ronaldo nafaqat futbol yulduzi, balki kuchli shaxsiy brend hamdir. Uning sportdagi yutuqlari, mehnatsevarligi va sog‘lom hayot tarziga bo‘lgan sadoqati uni dunyo bo‘ylab mashhur qilgan. -      Zafar Hoshimov:O‘zbekistonning taniqli tadbirkorlaridan biri bo‘lgan Zafar Hoshimov o‘zining tadbirkorlikdagi muvaffaqiyatlari va foydali tavsiyalari bilan tanilgan. Shaxsiy brend sizning kim ekanligingizni va boshqalarga qanday ta’sir ko‘rsatayotganingizni anglatadi. Bu, asosan, professional sohada o‘z maqsadlaringizga erishishga yordam beradigan vositadir. 

UBSLIKLAR blogi — 13-01-2025
22

Netvorking nima?

Netvorking — bu odamlar o‘rtasida professional va ijtimoiy aloqalarni o‘rnatish va mustahkamlash jarayoni.Netvorkingning asosiy maqsadi — manfaatli tanishuvlarni yo‘lga qo‘yish, o‘z sohasidagi mutaxassislar bilan muloqot qilish, yangi imkoniyatlarga ega bo‘lish va tajriba almashishdir.Odatda netvorking biznes, tadbirkorlik va professional rivojlanishda muhim o‘rin tutadi. Bu jarayon orqali odamlar o‘zlarining kelajakdagi ish imkoniyatlarini kengaytirishlari, biznes hamkorlari topishlari yoki bilim va ko‘nikmalarini oshirish uchun tajribali mutaxassislar bilan tanishishlari mumkin.Netvorking nafaqat professional, balki shaxsiy o‘sish va rivojlanish uchun ham juda muhim. Bu jarayon orqali odamlar yangi g‘oyalar, innovatsiyalar va samarali ish uslublari haqida ma’lumot olishlari, shu bilan birga o‘z sohalaridagi ilg‘or amaliyotlar bilan tanishishlari mumkin. Netvorkingda muvaffaqiyatli bo‘lish uchun, samimiy va ochiq bo‘lish, boshqalar bilan munosabatlarni o‘rnatishda qiziqish va o‘zaro yordamni taqdim etish zarur.Netvorking jarayoni o‘zaro ishonchni mustahkamlash, har ikki tomon uchun foydali bo‘lishi kerak. Bu nafaqat professional yutuqlarni, balki yangi do‘stliklar va muhim ijtimoiy aloqalar o‘rnatishga ham imkon beradi.

UBSLIKLAR blogi — 10-01-2025
15

“Qilichsiz Samuray” kitobidan karyerangiz uchun muhim saboqlar

"Qilichsiz Samuray" bizga shuni o‘rgatadiki, haqiqiy kuch va yetakchilik tashqi omillarda emas, balki ichki qat'iyat, bilim va insoniy munosabatlarda yotadi.Karyerangizda bu prinsiplarga amal qilib, siz ham yuksak natijalarga erishishingiz mumkin.1.O'z qobiliyatingizga ishoning:Unvoningiz yoki lavozimingiz emas, balki sizning qobiliyatingiz va mehnatingiz muvaffaqiyat kalitidir. 2.Muntazam rivojlaning:Yangi bilimlar va ko'nikmalar sizni boshqalardan ajratib turadi. 3.Tarmogni kengaytiring:Boshqalar bilan samarali aloqalar o'rnatish karyerangizni tezlashtiradi. 4.Moslashuvchan bo'ling:O'zgaruvchan sharoitlarga tezda moslasha olish muvaffa-qiyatga erishishda muhimdir. 5.Matonatli bo'ling:Qiyinchiliklar oldida taslim bo'lmay, ularni yengish yo'llarini toping."Qilichsiz Samuray" bizga shuni o'rgatadiki, haqigiy kuch va yetakchilik tashqi omillarda emas, balki ichki qat'iyat, bilim va insoniy munosabatlarda yotadi. Karyerangizda bu prinsiplarga amal qilib, siz ham yuksak natijalarga erishishingiz mumkin. 

UBSLIKLAR blogi — 11-01-2025
20

Rezyume nima?

Rezyume — o‘zingiz haqingizdagi qisqacha ma’lumot. Bu soʻzni barcha ishga kirmoqchi bo‘lgan kishi bilishi kerak. Bu avtobiografiya ham, insho ham emas. Odatda jadval ko‘rinishida bo‘ladigan bir varaq hujjat. Rezyumeda o‘zingiz haqingizda (tug‘ilgan yil, joy va h.k.), olgan bilimingiz haqida (qayerda va qachon o‘qigansiz), avval ishlagan bo‘lsangiz, ishlagan joyingiz haqida (qachon, qayerda, qanday lavozimda, nima ishlar qilgansiz) qisqacha ma’lumot bering. Davlat idoralari haqida bilmadik-ku, ammo bizning kompaniyaga o‘xshash korxonalarga ota-onangiz, ularning qayerda ishlashlari va boshqa ma’lumotlar qiziq emas. Rezyume sizning professional imidjingizni yaratishga yordam beradi, shuning uchun uni ehtiyotkorlik bilan va to‘g‘ri tayyorlash kerak. Rezyume — bu ish beruvchiga siz haqingizda dastlabki ma’lumotni beruvchi hujjat. Ish beruvchida ijobiy taassurot qoldirsangiz, ishingiz o‘ngidan keladi, buni unutmang. Shu sababli rezyumega katta ahamiyat bering. Bu nafaqat sizning ish tajribangizni, bilimlaringizni va malakangizni aks ettiradigan hujjat, balki sizning ishga nisbatan jiddiy yondoshuvingizni ham ko‘rsatadigan vositadir. Rezyume yozishda e’tiborli bo‘lish zarur, chunki u sizni ishga qabul qilish yoki rad etish jarayonida birinchi taassurotni yaratadi.

UBSLIKLAR blogi — 11-01-2025
24

Muvaffaqiyatli karyera qanday quriladi?

Muvaffaqiyatli karyera – har bir insonning shaxsiy hayoti va professional faoliyatida o‘ziga xos yutuqlar sari erishish jarayoni.Quyida muvaffaqiyatli karyerani shakllantirish yo‘llari va unga erishish uchun muhim qadamlar haqida batafsil to‘xtalib o‘tamiz.1. Aniq maqsadlar qo‘yishHar qanday muvaffaqiyatli karyera aniq va rejalashtirilgan maqsadlar bilan boshlanadi. Maqsadlar qisqa muddatli va uzoq muddatli bo‘lishi mumkin. Qisqa muddatli maqsadlar kichik qadamlarni o‘z ichiga olsa, uzoq muddatli maqsadlar katta yutuqlar sari yo‘naltirilgan bo‘ladi. Inson o‘z oldiga aniq maqsadlar qo‘yishi orqali ularni amalga oshirish yo‘llarini rejalashtiradi va bir-bir bosqich bilan ularga erishadi. Maqsadlar aniq, o‘lchanadigan, real va vaqt bilan cheklangan bo‘lishi kerak. Shu tarzda inson o‘z harakatlarini rejalashtirib, muvaffaqiyatli karyera qurish yo‘lida oldinga siljiydi.2. Ta’lim va ko‘nikmalarni rivojlantirishMuvaffaqiyatli karyera ta’lim va kasbiy ko‘nikmalarni doimiy ravishda rivojlantirish bilan chambarchas bog‘liq. Hozirgi zamonaviy dunyoda bilim va ko‘nikmalarning tezkor yangilanishi karyera o‘sishining muhim omillaridan biri hisoblanadi. O‘z sohangizda professional bo‘lish uchun doimiy ravishda yangi bilimlarni o‘rganish, yangi texnologiyalar va usullarni o‘zlashtirish zarur. Buning uchun kasbiy ta’lim olish, malaka oshirish kurslari va treninglarda qatnashish kerak. Bilim va tajriba muvaffaqiyatli karyera uchun muhim vositalardir, chunki ular orqali inson o‘z qobiliyatlarini rivojlantiradi va raqobatda ustunlikka ega bo‘ladi.3. Netvorking yaratish va aloqalarni rivojlantirishMuvaffaqiyatli karyerani yaratishda professional tarmoq va aloqalarni shakllantirish muhim ahamiyatga ega. Tarmoq – bu o‘z sohangizdagi boshqa mutaxassislar, hamkasblar, rahbarlar va mentorlar bilan aloqada bo‘lishni anglatadi. Yaxshi tarmoq muvaffaqiyat sari yo‘lni qisqartiradi, chunki ular orqali yangi imkoniyatlarga ega bo‘lish, muhim maslahatlar olish va tajriba almashish mumkin. Tarmoq yaratish jarayonida doimiy ravishda konferensiyalar, seminarlarda qatnashish, professional tashkilotlarga a’zo bo‘lish, hamda ijtimoiy tarmoqlarda faol bo‘lish muhimdir. Aloqalar karyera yo‘nalishidagi to‘siqlarni yengishga va yangi yutuqlar sari yo‘l ochishga yordam beradi.4. Ishga bo‘lgan mas’uliyat va sadoqatHar qanday karyera o‘sishida insonning o‘z ishiga bo‘lgan mas’uliyati va sadoqati katta rol o‘ynaydi. Ishdagi sifatli va mas’uliyatli yondashuv rahbarlarning e’tiborini qozonish va yuksalishga zamin yaratadi. Mas’uliyatli bo‘lish – bu o‘z zimmasiga olgan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish, tashabbus ko‘rsatish va muammolarni hal qilishda faol qatnashish demakdir. Ishga sadoqatli bo‘lish esa doimiy mehnat va o‘sishga intilish orqali namoyon bo‘ladi. Bu ikki omil insonning professional faoliyatida muvaffaqiyatli bo‘lishi va karyera pog‘onalaridan yuqorilashiga yordam beradi.5. Muvozanatni saqlashMuvaffaqiyatli karyera faqat ishda erishilgan yutuqlar bilan cheklanmaydi. Shaxsiy hayot va professional faoliyat o‘rtasida muvozanatni saqlash ham juda muhimdir. O‘z vaqtini to‘g‘ri rejalashtirish, dam olish va oilaga vaqt ajratish hayotdagi muvozanatni saqlashga yordam beradi. Haddan tashqari ko‘p ishlash, dam olishga vaqt topmaslik insonning produktivligini pasaytiradi va charchashiga olib keladi. Shu bois, sog‘lom muvozanatni saqlash orqali inson ishda ham, shaxsiy hayotda ham baxtli va muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin.Muvaffaqiyatli karyera nafaqat moddiy boylik, balki ichki qoniqish, hurmat va shaxsiy yutuqlar bilan ham to‘ldirilgan hayotdir.  

UBSLIKLAR blogi — 11-01-2025
30

O‘zingiz sevgan kasbni qanday tanlash mumkin?

Har bir inson uchun o'zini qoniqtiradigan va hayotida muvaffaqiyatga erishishiga sabab bo'ladigan kasbni topish muhimdir.Biroq, bu jarayon ko'pincha oson emas. O'zingiz sevgan kasbni tanlashda quyidagi omillarga e'tibor berish sizga yordam beradi:1. Qiziqishlaringizni aniqlangAgar qiziqishlaringiz kasbga aylansa, siz uchun bu ish nafaqat daromad manbai, balki hayotingizning mazmunli qismiga aylanishi mumkin.2. Kuchli tomonlaringizni aniqlangMasalan, muloqot qilishda kuchli bo'lsangiz, marketing yoki mijozlarga xizmat ko'rsatish kabi sohalarda muvaffaqiyatga erishishingiz mumkin.3. Qadriyatlaringizni hisobga olingAgar odamlarga yordam berishni qadrlasangiz, tibbiyot yoki ta'lim sohalarini o'rganib chiqing.4. Bozor talabiMehnat bozorida rivojlanayotgan sohalar va ulardagi ish o‘rinlarini tahlil qiling.5. Tajriba orttiringAgar qaysi kasb sizga mosligini to‘liq bilmasangiz, turli sohalarda tajriba to‘plashga harakat qiling.O'zingiz sevgan va qobiliyatlaringizga mos keladigan kasbni topish uchun vaqt ajratish – bu o'z hayotingizga sarmoya kiritishdir. Shu yo'l orqali siz nafaqat kasbiy muvaffaqiyatga, balki shaxsiy qoniqishga ham erishasiz.

UBSLIKLAR blogi — 10-01-2025
18

Tanqid — o‘sish uchun yana bir qadam

Har birimiz hayotimiz davomida tanqidga uchragan paytlarimiz bo‘lgan. Qanday qilib uni rivojlanish vositasiga aylantirish mumkin? 3 ta oddiy tavsiya — e’tirozlarni to‘g‘ri qabul qilishga va ish samaradorligini oshirishga yordam beradi. 1.Tanqid gilayotgan inson fikrini oxirigacha tinglashga odatlaning. Ko'pincha, tanqid – kamchiliklarni ko'rsatib, ishni yanada mas'uliyatli bajarishga undash uchun qilinadi. Oxirigacha tinglash orqali o'sishingizga yordam beradigan jihatlarni bilib olishingiz mumkin. 2.Savollar berishdan qo'rqmangBu yondashuv xatolar ustida ishlashga tayyor ekanligingizni va mulohazalarni (e'tirozlarni) ochiq qabul qila olishingizni ko'rsatadi. 3.Aniq misollar keltirishni so'rangAgar e'tirozlar umumiy tarzda aytilgan bo'lsa, oydinlik kiritishni so'rab, tushuntirishlarini iltimos giling. Bu o‘sish imkoniyatlaringizni aniqroq ko'rishga, o'zingizga bo'lgan ishonchni oshirishga yordam beradi. Tanqidlardan qochmang!Har bir e'tiroz siz uchun yangi imkoniyat eshigi bo'lishi mumkin

UBSLIKLAR blogi — 10-01-2025
16

Bloger talaba bo‘lmoqchimisiz?

"University of Business and Science" talabalari uchun ajoyib imkoniyat. Endilikda Sizning maqolangiz oliygohimiz saytida chiqishi va shu orqali bloger talaba bo‘lishingiz mumkin. Batafsil ma’lumot uchun bizga bog‘laning.
Biz bilan bog’lanish

Ko‘p ko‘rilgan

muvaffaqiyat, universitet, talaba, alkimyogar

Muvaffaqiyat uchun faqat bir yo'l bor

Muvaffaqiyat uchun faqat bir yo'l borBu yerda, eng avvalo, halollik bor!Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bu texnika zamonida, faqatgina o'qigan va harakat qilgan insongina muvaffaqiyatga erishadi. "Hayotning asl mohiyati — yetti marta yiqilib, sakkizinchi bor oyoqqa turib keta olishdadir" (P. Koelo — "Alkimyogar").Darhaqiqat, inson ilm yo'lidami yoki hunar egallamoqchimi, albatta avvalo o'zi ustida astoydil izlanishi kerak. Chunki hozirda hamma bilimli, hamma aqlli. Zo'rdan zo'r chiqmoqda. Hayotda o'z o'rningizni topishingiz uchun bugun harakat qiling. Men bu borada UBSni tavsiya qilaman.Nima uchun deysizmi? Unda eshiting!BirinchidanBu yerda eng avvalo halollik bor. Chunki to'g'ri yo'l bor joyda osoyishtalik bo'ladi. Halollik bor joyda baraka bo'ladi. Bu yerdagi ustozlar eng avvalo kasbini sevishadi, shuning uchun sidqidildan dars o'tishadi. Axir sevgan ishing bilan shug'ullanish insonga huzur baxsh etadi. Eng tajribali professor-o'qituvchilar biz yoshlar uchun bilim berishadi.IkkinchidanBilimga boy kutubxona mavjud. O'qituvchilar bergan bilimlarni takrorlash va yangiliklarni o'rganish uchun kitoblarga boy kutubxona va onlayn kutubxona yoshlar ixtiyorida. Abu Ali ibn Sino shunday degan: "Ilmdan bir shula dilga tushgan on, shunda bilursan ki ilm bepayon."UchinchidanIntellektual va sport musobaqalari o'tkaziladi. Har bir insonning o'z qobiliyati bor: kimdir sportda zo'r, kimdir bilimda. UBS esa yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashdan charchamaydi. Bilasizki, bahs-munozara bor joyda o'sish bo'ladi. Yoshlarni nafaqat ma'naviy, balki moddiy jihatdan ham qo'llab-quvvatlashni yaxshi ko'radi. Ular uchun grantlar, stipendiyalar, vaucherlar va qimmatbaho sovg'alar ulashishda hech bir oliygoh UBSga yetolmaydi.To'rtinchidan"Ustoz-shogird" an'anasi mavjud. O'qituvchilar nafaqat ustoz, balki ular do'st hamdir. Ular suhbatdosh, sirdosh, maslahatgo'y va motivator bo'lib, yoshlarning o'z fikrlarini erkin ifoda etishlari uchun muhim rol o'ynaydi. Bilimga ega bo'lib, o'z so'zlari orqali ma'lumotni ifoda eta olmaslik, hozirgi yoshlar orasida keng tarqalgan asosiy muammolardan biridir. Bu borada UBS ustozlari va talaba yoshlari o'rtasida hech qanday muammo yo'q, chunki ular bir oiladir.BeshinchidanUBS — O'zbekistonning eng yaxshi nodavlat oliygohi. Men UBS bilan faxrlanaman va uning rivoji uchun o'z hissamni albatta qo'shaman. Dunyoning eng kuchli universitetlar "Top-1000" taligiga biz siz bilan birgalikda kiramiz. Axir bir nechta chet el oliygohlari bilan hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolangan, UBS talabalari o'z o'qishlarini bemalol chet ellarda davom ettirish uchun imkoniyatga ega.Bir so'z bilan aytganda, UBS yoshlar kelajagi uchun qayg'uradigan eng jonkuyar oliygohdir. Shuncha imkoniyatlar bor ekan, biz faqat va faqat o'qishimiz kerak.

UBSLIKLAR blogi — 24-08-2024
1053
Mustaqil ta'lim, sirtqi ta'lim,

Mustaqil ta'lim ahamiyati

Mustaqil ta'lim ahamiyatiBugun men sizlarga UBSda sirtqi ta'lim talabalari uchun yaratilgan noyob imkoniyatlar haqida gapirib bermoqchiman. Bu imkoniyatlar orasida, talabaga mustaqil ta'lim olish imkoniyatining berilishi muhim o'rin tutadi.Sirtqi ta'lim jarayonida dars soatlarining to'rtdan biri universitetda ustozlar nazorati ostida o'tkaziladi, qolgan uch qismini esa talaba mustaqil ravishda o'rganadi. Talaba darslarda olgan bilimlarini mustaqil ishlash orqali chuqurlashtiradi. Topshiriqni bajarish majburiy bo'lsa-da, uni qanday usulda bajarish talabaning o'z tanlovi asosida amalga oshiriladi. Fan yuzasidan beriladigan mavzularni ham o'quvchi mustaqil ravishda tanlaydi. Ustoz tomonidan esa turli xil variantlar tavsiya etiladi. Masalan:Referat yozish,Tarqatma testlar,Savol-javob tarqatmalari,Krossvordlar,Mavzuga oid ijodiy ishlar,Didaktik o'yinlar va boshqalar.Mustaqil ta'limning ahamiyati nimada?Sirtqi ta'lim talabalari bilimlarini oshirish, mustahkamlash, takrorlash, yangiliklar yaratish hamda o'z ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun mustaqil ta'lim muhimdir.Tavsiyalar:Agar siz o'rganayotgan fanning qaysidir mavzusini to'liq tushunmagan bo'lsangiz, uni mustaqil ta'lim uchun tanlash maqsadga muvofiqdir. Sababi, mustaqil izlanish davomida siz mavzuni qayta-qayta o'qish orqali uni 85% gacha o'zlashtirishingiz mumkin. Shunday ekan, sizga qiyin tuyulgan mavzularni tanlab, chuqurroq o'rganing. Natijada bu mavzuni boshqa barcha mavzulardan ko'ra yaxshiroq tushunganingizni sezasiz.UBSda o'qituvchilar yordami har doim mavjudSirtqi ta'lim talabalari eng ko'p murojaat qiladigan talabalar qatoriga kiradi, va UBSning hech bir ustozi ularga savollariga javob berishdan charchamaydi. O'qituvchilarimiz talabalarning har biriga e'tibor qaratib, kerakli ko'rsatmalar va tavsiyalar bilan yordam beradi. Mustaqil ta'lim esa har bir talabaga o'z bilimini oshirishda bebaho imkoniyatlar yaratadi. Biz bu vazifani sidqidildan bajaramiz va talabalarga eng yaxshi ta'lim sharoitini taqdim etamiz.

UBSLIKLAR blogi — 16-09-2024
707
diplom, oliy ma'lumot, universitet, grant, top 5, karyera

Oliy maʼlumotli bo'lish uchun TOP-5 sabab

Oliy maʼlumotli bo'lish olish uchun TOP-5 sababOliy taʼlim inson hayotidagi eng muhim qadamlardan biri boʻlib, u nafaqat kasbiy rivojlanish, balki shaxsiy oʻsish uchun ham keng imkoniyatlar yaratadi. Oliy taʼlim olish qarorini qabul qilayotganlar uchun quyida eng muhim beshta sababni keltiramiz.1. Orzudagi kasbni tanlash va shaxsiy rivojlantirishOliy taʼlim sizning orzularingizni amalga oshirishda muhim rol oʻynaydi. Ushbu jarayon davomida siz oʻzingizning qiziqishlaringiz va qobiliyatlaringizni kasbga aylantirishingiz mumkin.2. Ziyoli doʻstlar davrasiOliy taʼlim jarayonida Siz oʻzingiz kabi ziyoli, ilmli va ishbilarmon doʻstlar orttirasiz. Bu doʻstlar Sizning shaxsiy va kasbiy rivojlanishingizda muhim rol oʻynaydi, chunki ular bilan fikr almashish va hamkorlik qilish orqali Siz oʻz qobiliyatlaringizni yanada rivojlantira olasiz.3. Ulkan maqsadlarga erishish imkoniyatiOliygohdagi ustozlar sizga katta maqsadlar qoʻyish va ularga erishish uchun yoʻnalish beradi. Taʼlim jarayonida siz nafaqat kichik rejalarga, balki ulkan maqsadlarga erishish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar va bilimlarni orttirasiz.4. Yuqori lavozim va moliyaviy barqarorlikOliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislar koʻpincha rahbarlik lavozimlariga jalb qilinadi. Bu esa ularning moliyaviy mustaqillikka erishishlari hamda barqaror rivojlanishlariga xizmat qiladi. Bu nafaqat professional oʻsish, balki shaxsiy farovonlikni taʼminlash uchun ham muhimdir.5. Ilm yoʻli va yangi kashfiyotlarOliy taʼlim ilmiy izlanishlar olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Taʼlim davomida siz ilmiy tadqiqotlar olib borish, yangi kashfiyotlar qilish va oʻzingizni ilmiy sohada kashf etish imkoniga ega boʻlasiz. Bu jarayon orqali siz nafaqat oʻz bilimingizni kengaytirasiz, balki insoniyatga yangi ilmiy yutuqlarni taqdim etish imkoniga ham ega boʻlasiz.

UBSLIKLAR blogi — 16-08-2024
642
talaba, ubs, orzu, maqsad, ilm, universitet, blog

Hayotimdagi eng muhim kun: UBS talabasi bo'ldim

"Hayotimdagi eng muhim kun: UBS talabasi bo'ldim"Tibbiyot kollejida tahsil olayotgan paytlarimda, orzularim cheksiz edi. Oliy ta'lim muassasasiga kirib, talabalarga o'z soham bo'yicha dars berishni orzu qilardim.Ammo qishloqda yashaganligim sababli, oila qurish bizning hududda asosiy masala hisoblanadi. Ota-onam menga, "Tengdoshlaring allaqachon farzandli bo'lib ketishdi, kollej yetadi, institutda o'qimaysan," deb turib olishdi.Orzularim, istaklarim, rejalarim bir lahzada yo'q bo'lganday edi. Ota-onam maqsadlariga yetishdi, men esa yaxshi oilaning yaxshi bekasi bo'lib qoldim. Oradan 12 yil o'tdi. Ayol makrimi yoki oliy ta'limga bo'lgan intilishim sababmi, men turmush o'rtog'imdan universitetga hujjat topshirish uchun ruxsat oldim. U kishi: "Mayli, faqat bog'cha tarbiyachisi bo'lasiz, qolganiga ruxsat yo'q," dedilar.Orzularim qayta uyg'ongan kunShundan keyin ichimda so'nib borayotgan uchqun yana alangalanib ketdi. Men o'zimga "Uddalayman!" deb so'z berdim va astoydil harakat qildim. Test topshirish kuni keldi. Imtihon paytida mendagi hayajonni so'z bilan ta'riflash qiyin. Natijalar e'lon qilindi: 83,2 ball. Katta umidlar bilan turib edim, lekin bir lahzada hammasi tugaganday bo'ldi, ustimdan muzdek suv quyib yuborilganday edi.Bir kuni ovsinim menga: "Opa, Namanganda UBS degan oliy ta'lim muassasasi ochilgan" — deb xabar berdi, "bu ball bilan kirsa bo'larkan".Ichimda nimadir sodir bo'ldi... Va nihoyat... Men orzu qilgan kun keldi. Men talabaman. Men uddaladim.Bugun men eng baxtli ayolman. Ota-onam orzu qilgan yaxshi oilaning kelini, o'g'il va qiz nabiralarning onasiman. Turmush o'rtog'im xohlaganidek bo'lajak bog'cha tarbiyachisi, va o'zim xohlagandek O'zbekistonning eng yaxshi nodavlat oliygohi — UBSning talabasi bo'ldim.Kelajakdagi maqsadlarimUniversitet menga orzularimni, ulkan rejalari qaytarib berdi. Men UBS bilan faxrlanaman. Bugungi kunda rus va ingliz tillari kurslarida tahsil olyapman. Maqsadim — ta'limning magistratura va doktorantura bosqichlarida o'qish va talabalarga o'z yo'nalishimda fidoiylik bilan dars o'tish.Agar bog'chada tarbiyachi bo'lsam, 20-30 nafar bolaga ta'lim beraman, mudira bo'lsam esa 200-250 nafar bolani tarbiyalayman. Ammo, oliygoh ustozi bo'lsam, jamiyatimizning katta bir qismiga, ya'ni o'z kasbiga sodiq va jon kuydirib xizmat qiladigan kadrlarni tayyorlashda yordam bergan bo'laman. Bu esa mening eng katta orzularimdan biridir.

UBSLIKLAR blogi — 20-08-2024
595
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo