+998 78 113 26 26

UBSLIKLAR blogi

Sana
Yusupova Xurmatxon
Muallif

Yusupova Xurmatxon

Lider talaba bo'lish uchun TOP 5 maslahat

Vaqtni Samarali Rejalashtirish TOP-5 Maslahat

Lider talaba bo'lish uchun TOP 5 maslahat

Bugungi Lider Talabalar Qatorida Bo'lishni Istaysizmi?

Unda vaqtingizni reja asosida sarf eting. Hozirda ko'pchilikning "vaqti yo'q".

Albatta, vaqt yetmaydi, agar 24 soatingizni internet tarmoqlarida sarflasangiz.

Bugun sizlarga vaqtni qanday barqarorlashtirish haqida TOP-5 maslahatni aytib o'tmoqchiman. Ularni amalga oshirsangiz, hammasiga ulgurasiz!

Tayyormisiz?

Unda boshladik!

1. Erta uyg'oning
Ertalab erta tursangiz, vaqt ko'p bo'ladi. Nonushtasiz ko'chaga chiqmang. Nonushtada baraka bor, shunda ko'chada choy ichishga ehtiyoj qolmaydi va pulingizni tejaysiz.

2. Reja asosida ishlang
Har bir kuningizni daqiqasigacha reja asosida o'tkazing. Rejali ish vaqtni unumli sarflashga yordam beradi. Internetdan faqat zaruriyat uchun foydalaning, keraksiz narsalarga vaqt sarflamang.

3. Darslarni tayyorlang
Bugun berilgan topshiriqni bugun bajarishga odatlaning. "Darsimiz bor kuni tayyorlayman" deb aytmang. Har kuni 10 ta so'z yodlang, shunda 6 oy ichida istalgan tilni tushuna boshlaysiz. Til bilgan el biladi. Til o'rganish orqali dunyoni anglash osonroq bo'ladi.

4. Pul topishga intiling
Qo'shimcha daromad manbaini toping. Qo'lingizdan keladigan ish bilan shug'ullaning. Talaba bo'lish faqat pul sarflash degani emas. Harakat qiling, hech bo'lmaganda oilangizning pulini qadrlashni o'rganasiz. Atrofingiz to'la imkoniyat, faqat uni ko'ra bilish kerak. Yo'lini topsangiz, pul o'zi sizni topadi.

5. Halol bo'ling
Jamoada hurmatingiz yuqori bo'ladi. Hech kimning haqiga hiyonat qilmang. Ishonchli bo'ling, shunda insonlarning qalbida sizga nisbatan iliqlik paydo bo'ladi. Sizga eng nozik vazifalarni topshirishadi va yuksalishingiz oson bo'ladi.


Xulosa

Mana talabalar uchun vaqtni qanday rejalashtirish kerakligi haqida top-5 maslahat. Agar yuqoridagi qoidalarga amal qilsangiz, eng zo'r talabaga aylanasiz. Siz uddalaysiz, biz sizga ishonamiz. Har bir kuningizni samarali o'tkazib, o'zingizdan faxrlaning!

51

Tegishli maqolalar

Mustaqil ta'lim, sirtqi ta'lim,

Mustaqil ta'lim ahamiyati

Mustaqil ta'lim ahamiyatiBugun men sizlarga UBSda sirtqi ta'lim talabalari uchun yaratilgan noyob imkoniyatlar haqida gapirib bermoqchiman. Bu imkoniyatlar orasida, talabaga mustaqil ta'lim olish imkoniyatining berilishi muhim o'rin tutadi.Sirtqi ta'lim jarayonida dars soatlarining to'rtdan biri universitetda ustozlar nazorati ostida o'tkaziladi, qolgan uch qismini esa talaba mustaqil ravishda o'rganadi. Talaba darslarda olgan bilimlarini mustaqil ishlash orqali chuqurlashtiradi. Topshiriqni bajarish majburiy bo'lsa-da, uni qanday usulda bajarish talabaning o'z tanlovi asosida amalga oshiriladi. Fan yuzasidan beriladigan mavzularni ham o'quvchi mustaqil ravishda tanlaydi. Ustoz tomonidan esa turli xil variantlar tavsiya etiladi. Masalan:Referat yozish,Tarqatma testlar,Savol-javob tarqatmalari,Krossvordlar,Mavzuga oid ijodiy ishlar,Didaktik o'yinlar va boshqalar.Mustaqil ta'limning ahamiyati nimada?Sirtqi ta'lim talabalari bilimlarini oshirish, mustahkamlash, takrorlash, yangiliklar yaratish hamda o'z ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun mustaqil ta'lim muhimdir.Tavsiyalar:Agar siz o'rganayotgan fanning qaysidir mavzusini to'liq tushunmagan bo'lsangiz, uni mustaqil ta'lim uchun tanlash maqsadga muvofiqdir. Sababi, mustaqil izlanish davomida siz mavzuni qayta-qayta o'qish orqali uni 85% gacha o'zlashtirishingiz mumkin. Shunday ekan, sizga qiyin tuyulgan mavzularni tanlab, chuqurroq o'rganing. Natijada bu mavzuni boshqa barcha mavzulardan ko'ra yaxshiroq tushunganingizni sezasiz.UBSda o'qituvchilar yordami har doim mavjudSirtqi ta'lim talabalari eng ko'p murojaat qiladigan talabalar qatoriga kiradi, va UBSning hech bir ustozi ularga savollariga javob berishdan charchamaydi. O'qituvchilarimiz talabalarning har biriga e'tibor qaratib, kerakli ko'rsatmalar va tavsiyalar bilan yordam beradi. Mustaqil ta'lim esa har bir talabaga o'z bilimini oshirishda bebaho imkoniyatlar yaratadi. Biz bu vazifani sidqidildan bajaramiz va talabalarga eng yaxshi ta'lim sharoitini taqdim etamiz.

UBSLIKLAR blogi — 16-09-2024
338
talaba, ubs, orzu, maqsad, ilm, universitet, blog

Hayotimdagi eng muhim kun: UBS talabasi bo'ldim

"Hayotimdagi eng muhim kun: UBS talabasi bo'ldim"Tibbiyot kollejida tahsil olayotgan paytlarimda, orzularim cheksiz edi. Oliy ta'lim muassasasiga kirib, talabalarga o'z soham bo'yicha dars berishni orzu qilardim.Ammo qishloqda yashaganligim sababli, oila qurish bizning hududda asosiy masala hisoblanadi. Ota-onam menga, "Tengdoshlaring allaqachon farzandli bo'lib ketishdi, kollej yetadi, institutda o'qimaysan," deb turib olishdi.Orzularim, istaklarim, rejalarim bir lahzada yo'q bo'lganday edi. Ota-onam maqsadlariga yetishdi, men esa yaxshi oilaning yaxshi bekasi bo'lib qoldim. Oradan 12 yil o'tdi. Ayol makrimi yoki oliy ta'limga bo'lgan intilishim sababmi, men turmush o'rtog'imdan universitetga hujjat topshirish uchun ruxsat oldim. U kishi: "Mayli, faqat bog'cha tarbiyachisi bo'lasiz, qolganiga ruxsat yo'q," dedilar.Orzularim qayta uyg'ongan kunShundan keyin ichimda so'nib borayotgan uchqun yana alangalanib ketdi. Men o'zimga "Uddalayman!" deb so'z berdim va astoydil harakat qildim. Test topshirish kuni keldi. Imtihon paytida mendagi hayajonni so'z bilan ta'riflash qiyin. Natijalar e'lon qilindi: 83,2 ball. Katta umidlar bilan turib edim, lekin bir lahzada hammasi tugaganday bo'ldi, ustimdan muzdek suv quyib yuborilganday edi.Bir kuni ovsinim menga: "Opa, Namanganda UBS degan oliy ta'lim muassasasi ochilgan" — deb xabar berdi, "bu ball bilan kirsa bo'larkan".Ichimda nimadir sodir bo'ldi... Va nihoyat... Men orzu qilgan kun keldi. Men talabaman. Men uddaladim.Bugun men eng baxtli ayolman. Ota-onam orzu qilgan yaxshi oilaning kelini, o'g'il va qiz nabiralarning onasiman. Turmush o'rtog'im xohlaganidek bo'lajak bog'cha tarbiyachisi, va o'zim xohlagandek O'zbekistonning eng yaxshi nodavlat oliygohi — UBSning talabasi bo'ldim.Kelajakdagi maqsadlarimUniversitet menga orzularimni, ulkan rejalari qaytarib berdi. Men UBS bilan faxrlanaman. Bugungi kunda rus va ingliz tillari kurslarida tahsil olyapman. Maqsadim — ta'limning magistratura va doktorantura bosqichlarida o'qish va talabalarga o'z yo'nalishimda fidoiylik bilan dars o'tish.Agar bog'chada tarbiyachi bo'lsam, 20-30 nafar bolaga ta'lim beraman, mudira bo'lsam esa 200-250 nafar bolani tarbiyalayman. Ammo, oliygoh ustozi bo'lsam, jamiyatimizning katta bir qismiga, ya'ni o'z kasbiga sodiq va jon kuydirib xizmat qiladigan kadrlarni tayyorlashda yordam bergan bo'laman. Bu esa mening eng katta orzularimdan biridir.

UBSLIKLAR blogi — 20-08-2024
314
muvaffaqiyat, universitet, talaba, alkimyogar

Muvaffaqiyat uchun faqat bir yo'l bor

Muvaffaqiyat uchun faqat bir yo'l borBu yerda, eng avvalo, halollik bor!Shiddat bilan rivojlanib borayotgan bu texnika zamonida, faqatgina o'qigan va harakat qilgan insongina muvaffaqiyatga erishadi. "Hayotning asl mohiyati — yetti marta yiqilib, sakkizinchi bor oyoqqa turib keta olishdadir" (P. Koelo — "Alkimyogar").Darhaqiqat, inson ilm yo'lidami yoki hunar egallamoqchimi, albatta avvalo o'zi ustida astoydil izlanishi kerak. Chunki hozirda hamma bilimli, hamma aqlli. Zo'rdan zo'r chiqmoqda. Hayotda o'z o'rningizni topishingiz uchun bugun harakat qiling. Men bu borada UBSni tavsiya qilaman.Nima uchun deysizmi? Unda eshiting!BirinchidanBu yerda eng avvalo halollik bor. Chunki to'g'ri yo'l bor joyda osoyishtalik bo'ladi. Halollik bor joyda baraka bo'ladi. Bu yerdagi ustozlar eng avvalo kasbini sevishadi, shuning uchun sidqidildan dars o'tishadi. Axir sevgan ishing bilan shug'ullanish insonga huzur baxsh etadi. Eng tajribali professor-o'qituvchilar biz yoshlar uchun bilim berishadi.IkkinchidanBilimga boy kutubxona mavjud. O'qituvchilar bergan bilimlarni takrorlash va yangiliklarni o'rganish uchun kitoblarga boy kutubxona va onlayn kutubxona yoshlar ixtiyorida. Abu Ali ibn Sino shunday degan: "Ilmdan bir shula dilga tushgan on, shunda bilursan ki ilm bepayon."UchinchidanIntellektual va sport musobaqalari o'tkaziladi. Har bir insonning o'z qobiliyati bor: kimdir sportda zo'r, kimdir bilimda. UBS esa yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashdan charchamaydi. Bilasizki, bahs-munozara bor joyda o'sish bo'ladi. Yoshlarni nafaqat ma'naviy, balki moddiy jihatdan ham qo'llab-quvvatlashni yaxshi ko'radi. Ular uchun grantlar, stipendiyalar, vaucherlar va qimmatbaho sovg'alar ulashishda hech bir oliygoh UBSga yetolmaydi.To'rtinchidan"Ustoz-shogird" an'anasi mavjud. O'qituvchilar nafaqat ustoz, balki ular do'st hamdir. Ular suhbatdosh, sirdosh, maslahatgo'y va motivator bo'lib, yoshlarning o'z fikrlarini erkin ifoda etishlari uchun muhim rol o'ynaydi. Bilimga ega bo'lib, o'z so'zlari orqali ma'lumotni ifoda eta olmaslik, hozirgi yoshlar orasida keng tarqalgan asosiy muammolardan biridir. Bu borada UBS ustozlari va talaba yoshlari o'rtasida hech qanday muammo yo'q, chunki ular bir oiladir.BeshinchidanUBS — O'zbekistonning eng yaxshi nodavlat oliygohi. Men UBS bilan faxrlanaman va uning rivoji uchun o'z hissamni albatta qo'shaman. Dunyoning eng kuchli universitetlar "Top-1000" taligiga biz siz bilan birgalikda kiramiz. Axir bir nechta chet el oliygohlari bilan hamkorlik shartnomalari va memorandumlar imzolangan, UBS talabalari o'z o'qishlarini bemalol chet ellarda davom ettirish uchun imkoniyatga ega.Bir so'z bilan aytganda, UBS yoshlar kelajagi uchun qayg'uradigan eng jonkuyar oliygohdir. Shuncha imkoniyatlar bor ekan, biz faqat va faqat o'qishimiz kerak.

UBSLIKLAR blogi — 24-08-2024
289
diplom, oliy ma'lumot, universitet, grant, top 5, karyera

Oliy maʼlumotli bo'lish uchun TOP-5 sabab

Oliy maʼlumotli bo'lish olish uchun TOP-5 sababOliy taʼlim inson hayotidagi eng muhim qadamlardan biri boʻlib, u nafaqat kasbiy rivojlanish, balki shaxsiy oʻsish uchun ham keng imkoniyatlar yaratadi. Oliy taʼlim olish qarorini qabul qilayotganlar uchun quyida eng muhim beshta sababni keltiramiz.1. Orzudagi kasbni tanlash va shaxsiy rivojlantirishOliy taʼlim sizning orzularingizni amalga oshirishda muhim rol oʻynaydi. Ushbu jarayon davomida siz oʻzingizning qiziqishlaringiz va qobiliyatlaringizni kasbga aylantirishingiz mumkin.2. Ziyoli doʻstlar davrasiOliy taʼlim jarayonida Siz oʻzingiz kabi ziyoli, ilmli va ishbilarmon doʻstlar orttirasiz. Bu doʻstlar Sizning shaxsiy va kasbiy rivojlanishingizda muhim rol oʻynaydi, chunki ular bilan fikr almashish va hamkorlik qilish orqali Siz oʻz qobiliyatlaringizni yanada rivojlantira olasiz.3. Ulkan maqsadlarga erishish imkoniyatiOliygohdagi ustozlar sizga katta maqsadlar qoʻyish va ularga erishish uchun yoʻnalish beradi. Taʼlim jarayonida siz nafaqat kichik rejalarga, balki ulkan maqsadlarga erishish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar va bilimlarni orttirasiz.4. Yuqori lavozim va moliyaviy barqarorlikOliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislar koʻpincha rahbarlik lavozimlariga jalb qilinadi. Bu esa ularning moliyaviy mustaqillikka erishishlari hamda barqaror rivojlanishlariga xizmat qiladi. Bu nafaqat professional oʻsish, balki shaxsiy farovonlikni taʼminlash uchun ham muhimdir.5. Ilm yoʻli va yangi kashfiyotlarOliy taʼlim ilmiy izlanishlar olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Taʼlim davomida siz ilmiy tadqiqotlar olib borish, yangi kashfiyotlar qilish va oʻzingizni ilmiy sohada kashf etish imkoniga ega boʻlasiz. Bu jarayon orqali siz nafaqat oʻz bilimingizni kengaytirasiz, balki insoniyatga yangi ilmiy yutuqlarni taqdim etish imkoniga ham ega boʻlasiz.

UBSLIKLAR blogi — 16-08-2024
245
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo