+998 78 113 26 26

UBSLIKLAR blogi

Sana
Yusupova Xurmatxon
Muallif

Yusupova Xurmatxon

Mustaqil ta'lim ahamiyati

Mustaqil ta'lim, sirtqi ta'lim,

Mustaqil ta'lim ahamiyati

Bugun men sizlarga UBSda sirtqi ta'lim talabalari uchun yaratilgan noyob imkoniyatlar haqida gapirib bermoqchiman. Bu imkoniyatlar orasida, talabaga mustaqil ta'lim olish imkoniyatining berilishi muhim o'rin tutadi.

Sirtqi ta'lim jarayonida dars soatlarining to'rtdan biri universitetda ustozlar nazorati ostida o'tkaziladi, qolgan uch qismini esa talaba mustaqil ravishda o'rganadi. Talaba darslarda olgan bilimlarini mustaqil ishlash orqali chuqurlashtiradi. Topshiriqni bajarish majburiy bo'lsa-da, uni qanday usulda bajarish talabaning o'z tanlovi asosida amalga oshiriladi. Fan yuzasidan beriladigan mavzularni ham o'quvchi mustaqil ravishda tanlaydi. Ustoz tomonidan esa turli xil variantlar tavsiya etiladi. Masalan:

Mustaqil ta'limning ahamiyati nimada?
Sirtqi ta'lim talabalari bilimlarini oshirish, mustahkamlash, takrorlash, yangiliklar yaratish hamda o'z ustida mustaqil ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish uchun mustaqil ta'lim muhimdir.

Tavsiyalar:
Agar siz o'rganayotgan fanning qaysidir mavzusini to'liq tushunmagan bo'lsangiz, uni mustaqil ta'lim uchun tanlash maqsadga muvofiqdir. Sababi, mustaqil izlanish davomida siz mavzuni qayta-qayta o'qish orqali uni 85% gacha o'zlashtirishingiz mumkin. Shunday ekan, sizga qiyin tuyulgan mavzularni tanlab, chuqurroq o'rganing. Natijada bu mavzuni boshqa barcha mavzulardan ko'ra yaxshiroq tushunganingizni sezasiz.

UBSda o'qituvchilar yordami har doim mavjud
Sirtqi ta'lim talabalari eng ko'p murojaat qiladigan talabalar qatoriga kiradi, va UBSning hech bir ustozi ularga savollariga javob berishdan charchamaydi. O'qituvchilarimiz talabalarning har biriga e'tibor qaratib, kerakli ko'rsatmalar va tavsiyalar bilan yordam beradi. Mustaqil ta'lim esa har bir talabaga o'z bilimini oshirishda bebaho imkoniyatlar yaratadi. Biz bu vazifani sidqidildan bajaramiz va talabalarga eng yaxshi ta'lim sharoitini taqdim etamiz.

26

Tegishli maqolalar

Xususiy universitet, muhim, nufuz, sharoit, ta'lim

Universitetning nufuzli nomi muhimmi yoki u yerdagi ta'lim sifati?

Universitetning nufuzli nomi muhimmi yoki u yerdagi ta'lim sifati?"Bilim olishdagi asosiy poydevor, universitet yoki institutning nufuzli nomiga emas, o‘quv dargohidagi bilim berish yo‘nalishining to‘g‘riligi bilan mustahkam shakl hosil qiladi." (Karl Jeymson "O‘qi va boy bo‘l" kitobidan)Darhaqiqat, talabaning bilim egallashi va kelajakda o‘z o‘rnini topishida ta’lim berilayotgan dargohdagi "Yangi innovatsion dars tizimi" juda muhim ahamiyatga ega.Bu borada esa nodavlat universitetlarning shiddat bilan rivojlanib borayotgan yangidan yangi yo‘nalishlari, o‘quvchini darsga 100% jalb qila olish va ko‘nikma hosil qilishda qo‘llayotgan uslublari yaqqol dalildir. Shu o‘rinda O‘zbekistondagi nodavlat universitetlar qatorida yetakchi o‘rin egallan UBS universiteti va bu o‘quv yurtida talabalarning kun tartiblari, dars jarayonlari va hattoki bo‘sh vaqtlari qanday o‘tishi ham namuna bo‘la oladigan darajada.Xususiy universitetlar sharoitiUniversitetdagi barcha talabalar eng avvalo yorug‘ va keng xonalar, barcha standartlarga to‘laqonli javob bera oladigan jihozlar, eng asosiysi, o‘z auditoriyasiga allaqachon ega bo‘lgan malakali o‘qituvchi va mutaxassislardan dars oladilar. Qonun qoidalar va talab shu qadar o‘rinliki, barcha talabalar har bir dars uchun alohida tayyorlanadilar.Professor-o'qituvchilarMa’ruzalar ham kuchli bilimga ega o‘qituvchilar tomonidan olib boriladi. Maqsad baho olish emas, dars jarayonidan talabaga nimadir bera olishdir. Kun mobaynida talabalarning deyarli bo‘sh vaqti bo‘lmaydi. Kattagina xazinani o‘ziga jamlagan kutubxona doimiy talabalar ixtiyorida. Va yana bir aytishga arzigulik, motivatsion shaklda tashkillanib boradigan tadbirlar, alohida o‘ringa ega. Turli anjumanlar, taniqli motivatorlar bilan suhbatlar, konsertlar, vebinarlar talabalarni bir xillikdan, charchoq va qiziqish sustlashishidan uzoqlashtiradi.Aynan shu UBS universitetining talabasi o‘laroq, aytishim mumkinki, o‘z yo‘nalishim bo‘yicha bilim olishda menda barcha imkoniyatlar aynan shu o‘quv yurtida mavjud. Sababi innovatsion texnologiyalar, kompyuterlashtirilgan sinfxonalari, kutubxona, darslarning uzviy bog‘liqligi va albatta malakali ustozlar, o‘z o‘rnim, kasbim va mutaxassisligim bo‘yicha yetuk kadr bo‘lib yetishishimda katta ahamiyat kasb etadi.

UBSLIKLAR blogi — 13-08-2024
174
talaba, ubs, orzu, maqsad, ilm, universitet, blog

Hayotimdagi eng muhim kun: UBS talabasi bo'ldim

"Hayotimdagi eng muhim kun: UBS talabasi bo'ldim"Tibbiyot kollejida tahsil olayotgan paytlarimda, orzularim cheksiz edi. Oliy ta'lim muassasasiga kirib, talabalarga o'z soham bo'yicha dars berishni orzu qilardim.Ammo qishloqda yashaganligim sababli, oila qurish bizning hududda asosiy masala hisoblanadi. Ota-onam menga, "Tengdoshlaring allaqachon farzandli bo'lib ketishdi, kollej yetadi, institutda o'qimaysan," deb turib olishdi.Orzularim, istaklarim, rejalarim bir lahzada yo'q bo'lganday edi. Ota-onam maqsadlariga yetishdi, men esa yaxshi oilaning yaxshi bekasi bo'lib qoldim. Oradan 12 yil o'tdi. Ayol makrimi yoki oliy ta'limga bo'lgan intilishim sababmi, men turmush o'rtog'imdan universitetga hujjat topshirish uchun ruxsat oldim. U kishi: "Mayli, faqat bog'cha tarbiyachisi bo'lasiz, qolganiga ruxsat yo'q," dedilar.Orzularim qayta uyg'ongan kunShundan keyin ichimda so'nib borayotgan uchqun yana alangalanib ketdi. Men o'zimga "Uddalayman!" deb so'z berdim va astoydil harakat qildim. Test topshirish kuni keldi. Imtihon paytida mendagi hayajonni so'z bilan ta'riflash qiyin. Natijalar e'lon qilindi: 83,2 ball. Katta umidlar bilan turib edim, lekin bir lahzada hammasi tugaganday bo'ldi, ustimdan muzdek suv quyib yuborilganday edi.Bir kuni ovsinim menga: "Opa, Namanganda UBS degan oliy ta'lim muassasasi ochilgan" — deb xabar berdi, "bu ball bilan kirsa bo'larkan".Ichimda nimadir sodir bo'ldi... Va nihoyat... Men orzu qilgan kun keldi. Men talabaman. Men uddaladim.Bugun men eng baxtli ayolman. Ota-onam orzu qilgan yaxshi oilaning kelini, o'g'il va qiz nabiralarning onasiman. Turmush o'rtog'im xohlaganidek bo'lajak bog'cha tarbiyachisi, va o'zim xohlagandek O'zbekistonning eng yaxshi nodavlat oliygohi — UBSning talabasi bo'ldim.Kelajakdagi maqsadlarimUniversitet menga orzularimni, ulkan rejalari qaytarib berdi. Men UBS bilan faxrlanaman. Bugungi kunda rus va ingliz tillari kurslarida tahsil olyapman. Maqsadim — ta'limning magistratura va doktorantura bosqichlarida o'qish va talabalarga o'z yo'nalishimda fidoiylik bilan dars o'tish.Agar bog'chada tarbiyachi bo'lsam, 20-30 nafar bolaga ta'lim beraman, mudira bo'lsam esa 200-250 nafar bolani tarbiyalayman. Ammo, oliygoh ustozi bo'lsam, jamiyatimizning katta bir qismiga, ya'ni o'z kasbiga sodiq va jon kuydirib xizmat qiladigan kadrlarni tayyorlashda yordam bergan bo'laman. Bu esa mening eng katta orzularimdan biridir.

UBSLIKLAR blogi — 20-08-2024
162
diplom, oliy ma'lumot, universitet, grant, top 5, karyera

Oliy maʼlumotli bo'lish uchun TOP-5 sabab

Oliy maʼlumotli bo'lish olish uchun TOP-5 sababOliy taʼlim inson hayotidagi eng muhim qadamlardan biri boʻlib, u nafaqat kasbiy rivojlanish, balki shaxsiy oʻsish uchun ham keng imkoniyatlar yaratadi. Oliy taʼlim olish qarorini qabul qilayotganlar uchun quyida eng muhim beshta sababni keltiramiz.1. Orzudagi kasbni tanlash va shaxsiy rivojlantirishOliy taʼlim sizning orzularingizni amalga oshirishda muhim rol oʻynaydi. Ushbu jarayon davomida siz oʻzingizning qiziqishlaringiz va qobiliyatlaringizni kasbga aylantirishingiz mumkin.2. Ziyoli doʻstlar davrasiOliy taʼlim jarayonida Siz oʻzingiz kabi ziyoli, ilmli va ishbilarmon doʻstlar orttirasiz. Bu doʻstlar Sizning shaxsiy va kasbiy rivojlanishingizda muhim rol oʻynaydi, chunki ular bilan fikr almashish va hamkorlik qilish orqali Siz oʻz qobiliyatlaringizni yanada rivojlantira olasiz.3. Ulkan maqsadlarga erishish imkoniyatiOliygohdagi ustozlar sizga katta maqsadlar qoʻyish va ularga erishish uchun yoʻnalish beradi. Taʼlim jarayonida siz nafaqat kichik rejalarga, balki ulkan maqsadlarga erishish uchun zarur boʻlgan koʻnikmalar va bilimlarni orttirasiz.4. Yuqori lavozim va moliyaviy barqarorlikOliy maʼlumotga ega boʻlgan mutaxassislar koʻpincha rahbarlik lavozimlariga jalb qilinadi. Bu esa ularning moliyaviy mustaqillikka erishishlari hamda barqaror rivojlanishlariga xizmat qiladi. Bu nafaqat professional oʻsish, balki shaxsiy farovonlikni taʼminlash uchun ham muhimdir.5. Ilm yoʻli va yangi kashfiyotlarOliy taʼlim ilmiy izlanishlar olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Taʼlim davomida siz ilmiy tadqiqotlar olib borish, yangi kashfiyotlar qilish va oʻzingizni ilmiy sohada kashf etish imkoniga ega boʻlasiz. Bu jarayon orqali siz nafaqat oʻz bilimingizni kengaytirasiz, balki insoniyatga yangi ilmiy yutuqlarni taqdim etish imkoniga ham ega boʻlasiz.

UBSLIKLAR blogi — 16-08-2024
123
universitet, muhim, kun, talaba, universitet, ubs

UBS — orzularim ro‘yobi

UBS — orzularim ro‘yobiBolalikdan ulg‘ayib, maktab tomon yo‘l oldim. Maktab dargohi — ilmlar makoni, u yerda tarbiya va ilm o‘rgandim, ko‘plab fanlarni qiziqish bilan o‘qidim. Ammo vaqt degani bir pastda o‘tib ketar ekan, 9-sinfni a'lo baholarga tamomladim va oliy o‘quv yurtiga hujjat topshirdim. Dildagi hayajon va qo‘rquv bilan imtihonlarni topshirdim, lekin natija men kutganidek bo‘lmadi. Men o‘qishga kirolmadim.O‘zimdan juda xafa bo‘ldim, ammo bizning paytimizda kollejda o‘qish imkoniyati bor edi va men u yerga kirdim. Uch yil davomida o‘qib, o‘rganib, yana oliy ta'limga hujjat topshirdim. Afsuski, yana o‘sha holat takrorlandi. Yuragim og‘ridi, o‘zimni yomon ko‘rib ketdim, "Nahotki, men shunchalar omadsizman?" deb yig‘ladim.Kunlar, oylar o‘tdi, tumanimizdagi maktabgacha ta'lim muassasasiga ishga kirdim va u yerda olti yil faoliyat olib bordim. Shu fursat ichida yana oliy ta'limga hujjat topshirdim, lekin niyatimga yetolmadim. Bu 6-7 yil davomida ish, bola-chaqa, ro‘zg‘or yumushlari bilan band bo‘ldim.So‘ngra Allohimga iltijo qilib, 2021-yilning yoz oyida yana oliy o‘quv yurtiga o‘qishga topshirdim. Endi menda qo‘rquv, hayajon, va ko‘p savollar bor edi. "Yana imtihondan o‘tolarmikanman?" — degan savol meni qiynardi. Lekin... yana omad mendan yuz o‘girdi. Umidlarim, orzularim, maqsadlarim chippakka chiqdi va men yana o‘tolmadim. "Bo‘ldi, endi o‘qimayman, baribir mendan o‘qituvchi chiqmas ekan," deb yig‘ladim. Ichimda millionlab chiroqlar, shamlar yoqishsa ham ko‘nglim yorishmasdi.Hayotimdagi eng quvonarli kunYana kunlar ketidan kunlar o‘tdi. Yoz, kuz, qish fasli ham o‘tdi. Kunlardan bir kun, 7-mart 2022-yil soat 09:30da, o‘sha kundagi voqea yuragimda muhrlanib qolgan. Menga telefon bo‘lib, "Siz Ominjonova Gulzodamisiz? Biz siz bilan Toshkentdagi UBS universitetidan aloqaga chiqdik. Siz talaba bo‘lishni xohlaysizmi? Bunga imkoningiz bor," deyishdi.Bilasizmi, gapirgani tilimga so‘z kelmaydi, qo‘llarim qaltirab, hayajon juda kuchli edi, yuragim hapqirib ketdi. Faqat "Ha, ha, ha," deyish bilan kifoyalandim. "Xo‘p, unda siz bilan yana bog‘lanamiz," deyishdi. Bir qarorga kelishimni so‘rashdi.Uyga qaytib, qaynotamga va turmush o‘rtog‘imga aytdim, tushuntirdim. Qaynotam boshida ishonmadi, "Noqonuniy, ishonchli emas, xususiy," deb ko‘nmadi. Shunda o‘zimda qandaydir kuch paydo bo‘ldi: "Dada, men o‘qiyman! Davlat o‘quv yurti bilan bir xil sharoiti, diplomi bor," deb aytdim va rosa yig‘ladim.Keyin o‘qishni manzilini olib, Namangandagi yaqin hududni tanlab, turmush o‘rtog‘im bilan bordim. Ko‘zimda yosh, ishonch, qaynotamga bergan va'dalarim, o‘qishga kirolmagan kunlarimni eslab, UBS binosiga yetib keldim. Hujjatlarimni qabul qilishdi va biroz vaqt ichida qo‘limga talabalik shartnomasini berishdi.Xursandchiligim cheksiz edi, dunyodagi eng baxtli ayolga aylandim. O‘sha kundan beri rejalarim, maqsadlarim o‘zgardi. Hozir aytishim mumkinki, men baxtli ona va baxtli ayolga aylandim. Tuyg‘ularimni ifodalashga so‘z yetmaydi. UBS tufayli sinib qolgan qanotim tiklandi, singan qalbim va o‘ksik ko‘nglim taskin topdi.

UBSLIKLAR blogi — 21-08-2024
107
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo