Dastur haqida umumiy ma'lumotlar
Geografiya yo‘nalishi tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqadorligini o‘rganadigan fan bo‘lib, yer yuzasidagi tabiiy jarayonlar, iqlim, relyef,
suv resurslari, aholi joylashuvi, iqtisodiy hududiy tizimlar va ekologik muammolarni chuqur tahlil qiladi. Bu yo‘nalish nafaqat
tabiiy-geografik bilimlar, balki iqtisodiy, siyosiy va ekologik qarorlar qabul qilishda ham muhim ahamiyatga ega.
Tugatgach ishlash mumkin bo‘lgan sohalar:
Maktab va kollejlarda geografiya o‘qituvchisi;
Statistika va rejalashtirish markazlarida hududiy tahlilchi;
Ekologik tashkilotlarda monitoring va ekspertiza mutaxassisi;
Geodeziya, kartografiya va GIS markazlarida mutaxassis;
Turizm va regional rivojlanish tashkilotlarida analitik;
Favqulodda vaziyatlar, ob-havo markazlarida meteorolog yoki analitik.
O'rtacha oylik ish haqi: 5 million so‘mdan 25 million so‘mgacha
Kontrakt narxlari: 16,500,000 so‘m
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin