UBSning asosiy maqsadi — talabalarga yuqori sifatli ta’lim berish va ularni global raqobatbardosh, yetuk mutaxassislarga aylantirishdir.
Xalqaro ta’lim standartlari asosida yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatli, mustaqil fikrlashga qodir bo'lgan, bozor sharoitida ishni tashkil etishning usullarini egallagan yuqori ma’lumotli malakali kadrlar tayyorlash.
Rektor haqida
University of Business and Science rektori
Boymirzayev Karimjon Mirzaxmedovich — Namangan viloyati, Uychi tumanida tavallud topgan. 1984-yil Samarqand davlat universiteti Geografiya yo‘nalishini tamomlagan. Geografiya fanlari doktori (DSc), Professor. 2023-yildan buyon University of Business and Science rektori lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Rektor oliy taʼlim muassasasining umumiy faoliyatini boshqaradi, strategik rivojlanishini taʼminlaydi va akademik, moliyaviy hamda maʼmuriy qarorlar uchun javobgardir. U taʼlim sifati, ilmiy tadqiqotlar va tashqi aloqalarni rivojlantirish bo‘yicha yetakchilik qiladi.
Savollaringiz bo’lsa qoldiring
Biz bilan aloqa