Menejment ixtisosligi — iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida ishlab chiqarish korxonalarini boshqarish va uni barqaror rivojlantirish, qarorlarni qabul qilish va uni amalga oshirish usullarini amaliyotda qo‘llashni o‘rganadi.
Shuningdek, u korxonaning ijtimoiy-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish, ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil qilish va uni iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha optimal yo‘nalishlarini aniqlash va boshqarish tamoyillarini, iqtisodiy tizimlar faoliyatining samaradorligi va unga ta’sir qiluvchi omillarni, raqobat sharoitida optimal boshqaruv qaror qabul qilish usullarini o‘rganish jarayonlarini ham o‘z ichiga oladi.
Tayanch doktorantura — 3 yil
Mustaqil tadqiqotchi — mavjud emas
Kvalifikatsiyasi:
1. Iqtisod fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)
2. Iqtisod fanlari doktori (DSc)
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin