UBS'da ko‘kalamzorlashtirish kuni
UBS Toshkent filialida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan mazmunli davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda Konstitutsiyaning jamiyat rivojidagi o‘rni, uning fuqarolik huquqlari va erkinliklarini kafolatlashdagi ahamiyati haqida qizg‘in fikr-mulohazalar bildirildi.
Tadbirda ishtirok etgan hurmatli mehmonlar va UBS rahbariyati:
• Shoeva Roza Ismailjanovna – UBS Toshkent filiali rahbari, talabalarga huquqiy bilimlarning ahamiyatini alohida ta’kidladi;
• Xudayberganov Ravshanbek Xudayberganovich – Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha rahbarning birinchi o‘rinbosari, yoshlarning davlat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi;
• Shukrullo Jo‘rayev – Xalqaro Islom Akademiyasi dotsenti, Konstitutsiyaning axloqiy va milliy qadriyatlar bilan uyg‘unligi haqida ma’ruza qildi;
• Qo‘chqarov Shoxrux Farrux o‘g‘li – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishda Yoshlar parlamentining o‘rni haqida fikr bildirdi;
• Bo‘ronboyeva Xushriyo Toshkenbayevna – Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi Tarix va huquq fani metodisti, Konstitutsiyaviy islohotlarning ta’limga ta’siri haqida ma’lumot berdi.
Tadbir so‘ngida mehmonlarga o‘z hissasi uchun minnatdorchilik bildirilgan holda tashakkurnomalar topshirildi.
Bu kabi tadbirlar yoshlarimizning huquqiy bilimlarini oshirish va ularning huquqiy ongini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega.
UBS'da ko‘kalamzorlashtirish kuni
Yurakda bahor, nigohlarda shodlik
Tibbiyot yo‘nalishi talabalari amaliyotda
Navro‘z – bu nafaqat bahorning, balki birdamlik va ezgulikning ham bayrami!
Munosiblar taqdirlandi
Talabalar turar joyiga bayram tuhfası!
Bankda qanday muvaffaqiyatli karyera qilish mumkin?
Cheer sporti turnirining ochilish marosimi
Elektr energiyasini tejash tashabbusi
"Zakovat" musobaqasi o’tkazildi
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin