Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

"From Fear to Fearless Speaking" mavzusidagi seminar

UBSda talabalar va yosh mutaxassislar uchun mo‘ljallangan "From Fear to Fearless Speaking" mavzusidagi seminar muvaffaqiyatli o‘tkazildi.

Tadbir ishtirokchilari samarali ommaviy nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish, sahna qo‘rquvini yengish va o‘z fikrlarini aniq hamda ishonchli yetkazish bo‘yicha qimmatli ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.

Seminar davomida qatnashchilarga amaliy mashg‘ulotlar, psixologik yondashuvlar va kommunikatsion strategiyalar taqdim etilib, samarali nutq so‘zlash usullari o‘rgatildi. Shuningdek, seminar ishtirokchilari o‘zaro tajriba almashib, nutqni ishonchli va samarali tarzda taqdim etish uchun kerakli texnikalar va strategiyalarni amaliy ravishda sinab ko‘rishdi.

Maqsad – yoshlar o‘z fikrlarini oson va ishonch bilan ifodalay olishlarini ta’minlash.

112
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo