UBS'da ko‘kalamzorlashtirish kuni
Kelajak tibbiyoti sizning qo‘llaringizda — UBS VR-laboratoriyasi
“University of Business and Science” va VR ta’lim jamoasi innovatsion uskunalar bilan jihozlangan UBS VR-laboratoriyasini tashkil qilish boʻyicha bitim imzoladi.
VR-laboratoriya — virtual reallik orqali tibbiyot kabi murakkab soha talabalari amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirib, bilimlarini chuqurlashtirishi mumkin bo‘lgan xavfsiz va nazorat qilinadigan muhit.
Unda innovatsion texnologiyalar yordamida real sharoitlarga o‘xshash vaziyatlarni simulyatsiya qilish, xatoliklarni tuzatish va bilimni mustahkamlash imkoni yaratiladi.
Shuningdek, VR-laboratoriya talabalarga nafaqat tibbiyot sohasidagi nazariy bilimlarni, balki amaliy ko‘nikmalarni ham rivojlantirish imkoniyatini taqdim etadi. Virtual reallik yordamida murakkab jarrohlik amaliyotlari yoki tibbiy protseduralarni xavfsiz va samarali tarzda takrorlash, shuningdek, real hayotdagi noxush vaziyatlarda qanday harakat qilishni o‘rganish talabalarga o‘z bilimlarini mustahkamlashda katta yordam beradi. Ushbu innovatsion laboratoriya kelajakda tibbiyot mutaxassislarini tayyorlashda muhim rol o‘ynashi kutilmoqda.
UBS'da ko‘kalamzorlashtirish kuni
Yurakda bahor, nigohlarda shodlik
Tibbiyot yo‘nalishi talabalari amaliyotda
Navro‘z – bu nafaqat bahorning, balki birdamlik va ezgulikning ham bayrami!
Munosiblar taqdirlandi
Talabalar turar joyiga bayram tuhfası!
Bankda qanday muvaffaqiyatli karyera qilish mumkin?
Cheer sporti turnirining ochilish marosimi
Elektr energiyasini tejash tashabbusi
"Zakovat" musobaqasi o’tkazildi
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin