UBS Kitoblar Yarmarkasi — O‘zingizga yoqqanini tanlang
Vatan himoyachilari kuni — mardlik va faxr ramzi bayrami
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 33-yilligi va 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bayrami munosabati bilan UBS Toshkent filialida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil qilindi.
Tadbir davomida Vatanimiz himoyachilarining yuksak mardlik va fidoyilik fazilatlari yana bir bor e'tirof qilindi.
Bayramda quyidagi hurmatli mehmonlar ishtirok etdilar:
— Kapitan Mo‘ydinov Baxtiyor Ilxomjonovich;
— Mayor Razzoqov Ravshan Abduvaliyevich;
— Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va harbiy havo kuchlari qo‘mondonligi vakillari;
— Sulaymonova Dilnoza;
— Mirjavxarova Farida Usmonjonovna;
— Mudofaa vazirligi maxsus avariya-tiklash boshqarmasi "Impuls" harbiy ansambli jamoasi.
Tadbir davomida "Impuls" harbiy ansambli tomonidan ko‘ngilochar konsert dasturi namoyish etilib, yig‘ilganlarga haqiqiy bayramona kayfiyat ulashildi. Mehmonlar o‘zlarining hayotiy tajribalari va sharafli xizmatlari haqidagi hikoyalari bilan yoshlarimizga o‘rnak bo‘ldilar.
Universitetimiz talaba qizlari ham bayramga mos harbiy raqs bilan o‘ziga xos ko‘rk qo‘shishdi.
Vatan himoyachilariga ehtirom ko‘rsatish — barchamizning burchimizdir!
UBS Kitoblar Yarmarkasi — O‘zingizga yoqqanini tanlang
UBS ta’lim sifati va o‘quv jarayoni monitoringi
Ilhombaxsh uchrashuv
Qizg‘in munozara: muvaffaqiyat diplomga bog‘liqmi?
Yangi durdonalar bilan bezalgan UBS kutubxonasi
“Vazir kubogi” sport musobaqasi
Davlat stipendiyalari muborak bo‘lsin!
UBS vakillari ilmiy forumda
Zulfiya Isroilova tavalludi
Zakovat ligasi 4-tur natijalari!
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin