UBS Kitoblar Yarmarkasi — O‘zingizga yoqqanini tanlang
Joriy yilning 3-oktyabr kuni “University of Business and Science” Toshkent shahri filialining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Hindiston Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi vakillari, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi akademiklari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.
Tadbir davomida oliy ta’lim sohasini takomillashtirish bo‘yicha Prezidentimiz boshchiligidagi islohotlar xususan, nodavlat sektorni qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun amalga oshirilayotgan ishlar o‘z samarasini berayotgani ta’kidlandi.
Shu jumladan “University of Business and Science” qisqa muddatda yaxshi natijalarga erishayotgani, yosh avlodning malakali va yetuk kadr bo‘lib yetishishlari uchun zarur sharoitlar yaratilib, nufuzli xorijiy va mahalliy ilm dargohlari bilan samarali hamkorlik qilib kelayotgani ham e’tirof etib o‘tildi.
Ochilish marosimida so‘zga chiqqan UBS rektori, professor Karimjon Boymirzayev universitet talabalarining grant dasturlari, stipendiyalar egalariga aylanishlari, xorijiy universitetlarda amaliyot oʻtab, muvaffaqiyatli karyera qilishlari uchun barcha zarur choralar ko‘rilayotganini ma’lum qildi.
Shundan so‘ng, grant va stipendiyalar sohibiga aylangan iqtidorli talaba yoshlarga tegishli sertifikatlar topshirildi.
Tadbir yakuni estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokidagi kuy-qo‘shiqlarga ulanib ketdi.
UBS Kitoblar Yarmarkasi — O‘zingizga yoqqanini tanlang
UBS ta’lim sifati va o‘quv jarayoni monitoringi
Ilhombaxsh uchrashuv
Qizg‘in munozara: muvaffaqiyat diplomga bog‘liqmi?
Yangi durdonalar bilan bezalgan UBS kutubxonasi
“Vazir kubogi” sport musobaqasi
Davlat stipendiyalari muborak bo‘lsin!
UBS vakillari ilmiy forumda
Zulfiya Isroilova tavalludi
Zakovat ligasi 4-tur natijalari!
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin