Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

UBS talabasining ilmiy yutug‘i

Sarvinozxon Xalilxon qizi maqolasi xalqaro jurnalda chop etildi

UBSning Maktabgacha ta’lim sirtqi bo‘limi, 24-05-guruh talabasi Sarvinozxon tomonidan yozilgan “Maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar bilan ishlash” mavzusidagi maqola Finlandiyaning nufuzli “FARS International Journal of Education, Social Science and Humanities” xalqaro jurnalida ingliz tilida nashr etildi.

Ushbu maqola ta’lim sohasida innovatsion yondashuvlar va ilg‘or tajribalarni o‘rganishga qaratilgan bo‘lib, bolalar tarbiyasi va ularning rivojlanishi bo‘yicha ilmiy izlanishlarni yoritadi.

Ilmiy ish "Scientific Academy" xalqaro ilmiy tadqiqotlar markazi tashabbusi bilan tashkil etilgan "Ta’lim sohasini rivojlantirishda zamonaviy yondashuvlar va unga qaratilgan yechimlar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya doirasida taqdim etildi.

Mazkur ilmiy maqola Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) doirasidagi "Ta’lim sohasidagi xizmatlari uchun" ilmiy-amaliy ko‘rik tanlovida kengash tomonidan ko‘rib chiqilib, bir ovozdan ma’qullandi.

Maqola maktabgacha yoshdagi bolalarning rivojlanish jarayonlarini tushunish va bu boradagi ta’limiy yondashuvlarni takomillashtirishga qaratilgan qimmatli ilmiy hissa hisoblanadi.

106
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo