Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

“School 21” va UBS uchrashuvi

16-oktyabr kuni “School 21” jamoasi “University of Business and Science“ga kelishdi. Talabalarga platforma haqida toʻliq maʼlumot berib, roʻyxatdan oʻtgan talabalarni Samarqandda joylashgan “School 21” kampusi bilan tanishtirdi.

Uchrashuv davomida platformaning afzalliklari, qulayligi, eng muhimi IT sohasidagi keng imkoniyatlari gapirib oʻtildi. Uchrashuv soʻngida UBS hamda “School 21” bilan yana bir manfaatli memorandumni imzolandi.

Ushbu hamkorlik qobiliyatli ishtirokchilarni faol qoʻllab-quvvatlash, turli tanlovlar oʻtkazish va ular salohiyatini oshirish uchun sharoitlarni rivojlantirishga xizmat qiladi. IT va ilm-fan sohasida yuksak natijalarga intilayotganlar uchun “School 21” bilan birgalikda yanada koʻproq imkoniyatlar yaratiladi.

Shartnoma doirasida “School 21” oliygoh talabalarini IT yoʻnalishidagi bilimlarini takomillashtirish maqsadida talabalarni qishki taʼtili davrida Samarqanddagi kampusga yoʻnaltirish va u yerda tahsil olishlari va olgan bilimlarini takomillashtirishlari kelishib olindi. Bu hamkorliklar yuqori malakali dasturchilar va axborot texnologiyalari mutaxassislarini tayyorlashga qaratilgan sifatli taʼlim muhitini yaratish uchun infratuzilma va uslubiy yordam koʻrsatishga yordam beradi.

91
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo