UBS Kitoblar Yarmarkasi — O‘zingizga yoqqanini tanlang
“Oʻzbekiston agromarketing siyosati va uni raqamlashtirish muammolari” mavzusida maʼruza
- Bugun UBSning Iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun chinakamiga esda qolarli kun bo‘ldi. Ular iqtisodiyotning muhim yo‘nalishlaridan biri — agromarketing va uni raqamlashtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldilar.
Toshkent Davlat Agrar Universiteti (TDAU) qoshidagi “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyotini raqamlashtirish” ilmiy maktabi rahbari, iqtisod fanlari doktori, akademik G‘ulomov Saidasror Saidaxmedovich tomonidan olib borilgan ma’ruza darsi talabalarga nafaqat bilim, balki kelajakdagi iqtisodiy islohotlar jarayoniga chuqurroq qarash imkonini taqdim etdi.
Akademik G‘ulomov ma’ruzasi davomida O‘zbekistonda agromarketing siyosati orqali raqamlashtirishni rivojlantirishda duch kelinayotgan asosiy muammolar, ularga yechim izlash yo‘llari, shuningdek, innovatsion texnologiyalarning bu sohaga ta’sirini batafsil ochib berdi. U o‘z tajribasi va ilmiy izlanishlari asosida agrosanoat tarmog‘ida raqamli transformatsiya o‘zgarishlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan strategiyalar va metodologiyalarga to‘xtalib o‘tdi. Talabalar, shu tariqa, nafaqat nazariy bilimlarga ega bo‘ldilar, balki real hayotda agromarketing va raqamlashtirishni qanday tatbiq etish mumkinligini tushundilar.
Bu kabi bilim va tajribalar yosh iqtisodchilarning kelajakda mamlakatimiz iqtisodiyotiga o‘z hissalarini qo‘shishlari, agrosanoat kompleksida raqamli yechimlar va samarali strategiyalarni yaratishlari uchun muhim qadamlardan biridir.
UBS Kitoblar Yarmarkasi — O‘zingizga yoqqanini tanlang
UBS ta’lim sifati va o‘quv jarayoni monitoringi
Ilhombaxsh uchrashuv
Qizg‘in munozara: muvaffaqiyat diplomga bog‘liqmi?
Yangi durdonalar bilan bezalgan UBS kutubxonasi
“Vazir kubogi” sport musobaqasi
Davlat stipendiyalari muborak bo‘lsin!
UBS vakillari ilmiy forumda
Zulfiya Isroilova tavalludi
Zakovat ligasi 4-tur natijalari!
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin