Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

Xalqaro talabalar kuni

Butun respublikamizda 17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni yuqori shukuhda nishonlanmoqda.

Bizning UBSda ham ushbu kun haqiqiy ma’noda esda qolarli, hayajonlarga boy o‘tmoqda.

“Global Student's Wave” tadbiri ushbu fikrimizning isboti o‘laroq talabalarimizning ko‘nglidan joy oldi, desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.

Negaki, ushbu tadbirdan taqdirlash marosimi, o‘zgacha raqslar, tibbiyot fakulteti talabalarining qasamyodi, QVZ va qiziqarli o‘yinlar o‘rin oldi.

Eng muhimi, bir semestrlik grantlar o‘z egalarini topdi. Grantlarni talabalarimizga UBS Toshkent filiali rahbari Roza Shoeva topshirdilar.

Bundan tashqari, tadbirda UBS Toshkent filialining Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha 1-prorektori Ravshanbek Xudayberganov hamda o’quv ishlari bo’yicha prorektori Akmal Xayitov ham ishtirok etib, talabalarimizni bayram bilan qutlashdi.

Tibbiyot fakulteti talabalarining qasamyod marosimida Toshkent shahar qon preparatlari ilmiy ishlab chiqarish markazi bosh vrachi, Tibbiyot fanlari doktori, Professor Zuhra Ibragimovna ham ishtirok etdi. Professor so‘zga chiqib, talabalarimizni ushbu muhim kun bilan tabriklab, tibbiyot sohasining yetuk kadrlari bo‘lib yetishishlarini tiladi.

111
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo