Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

Yoshlar kuni munosabati bilan rektor tabrigi!

Aziz yoshlar, universitetimiz talabalari!

Sizlarni 30-iyun – Yoshlar kuni bilan "University of Business and Science" jamoasi nomidan tabriklayman.

So‘nggi yillarda mamlakatimiz yoshlari jonajon O‘zbekistonimiz kelajagini bunyod etishda faol ishtirok etib kelmoqda.

Xususan, mazkur jarayonlarda "University of Business and Science" tomonidan ham yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, zarur sharoitlarni yaratish maqsadida “UBS Grant” loyihasi doirasida 300 ta grant o’rinlari, “UBSliklar grant dasturi” doirasida 1 semestrlik grant dasturlari yo‘lga qo‘yilgan.

Shu bilan birgalikda, universitetimiz stipendiya dasturi doirasida 3 mln so’mlik stipendiyalar, kirish imtihonlardan yuqori ball to’plagan abituriyentlar uchun vaucherlar joriy etib kelinmoqda.

Hurmatli Prezidentimiz tomonidan oliy ta’lim qamrovini oshirish, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar natijasida universitetimiz ham rivojlanib, talaba-yoshlar uchun mana shunday imkoniyatlarni yaratib kelmoqda.

Bu esa Yangi Oʻzbekistonda Uchinchi Renessans poydevorining bunyodkorlari boʻlgan yoshlarning ilm olishi va har tomonlama yetuk mutaxassis boʻlib shakllanishlari muhim ahamiyat kasb etadi.

Shu qatorda "University of Business and Science" ona Vatanimizning suyanchi va porloq istiqboli bo‘lgan yoshlarga yana kengroq imkoniyatlar eshigini ochishda davom etadi.

Barchangizga sogʻlik va omonlik, omad va muvaffaqiyatlar tilab qolaman!

Karimjon Boymirzayev, University of Business and Science rektori

105
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo