Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

UCHRASHUV | MAXSUS MEHMON

 “Asaxiy books” asoschisi, tajribali biznesmen Firuz Allayev universitetimizga tashrif buyurdi.

Tashrif kitob mutolaasi ixlosmandlari va tadbirkorlikka qiziquvchi talabalar ishtirokidagi uchrashuv bilan boshlandi.

Mazkur uchrashuvda Firuz Allayev insonning shaxsiy rivojlanishi, taʼlim olishi, til oʻrganishi va professional kadr boʻlib yetishishi uchun eng kerakli tavsiyalari, tajribalari bilan boʻlishdi.

Talabalarimiz oʻzlarini qiziqtirgan biznesga, kitobga va boshqa shu sohaga oid savollariga to‘la javob olishdi. Uchrashuv soʻngida tadbirkor talabalar faolligini alohida e’tirof etib, quyidagi fikrlarni ta’kidladi:

Til oʻrganing. Bu sizni dunyoga ochadi. Oʻzingizga kerakli bilimlarni turli tillardagi maʼlumotlar bilan solishtirib koʻring.

Vaqtingizni shaxsiy rivojingiz uchun sarflang.

105
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo