Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

“Taʼlim va ishlab chiqarish” koʻrgazmasi

Maktab bitiruvchilariga kasb-hunar hamda kelgusida oʻqishni davom ettirish uchun oliy taʼlim muassasalarini tanlashlariga ko‘maklashish maqsadida Namangan shahridagi “Barkamol avlod” bolalar maktabida “Taʼlim va ishlab chiqarish” ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi  tomonidan tashkil etilgan tadbirda “University of Business and Science” ham oʻz koʻrgazmasi bilan ishtirok etdi. Koʻrgazmaga tashrif buyurgan 15 ming nafardan ziyod bitiruvchi oʻquvchilarda universitetimiz mavjud yoʻnalishlar va imkoniyatlar katta qiziqish uygʻotib, ularni qiziqtirgan savollarga batafsil javob qaytarildi.

Tadbir davomida universitetimiz vakillari viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi mutasaddilari bilan hamkorlik davom ettirish boʻyicha fikr almashdilar.

73
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo