+998 78 113 26 26

“Iste’molchilar huquqi va moliyaviy savodxonlik” mavzusidagi seminar

“Iste’molchilar huquqi va moliyaviy savodxonlik” mavzusidagi seminar bo‘lib o‘tdi!

Universitetimizda talabalarga iste’molchilar huquqlari haqida ma’lumot beruvchi seminar tashkil etildi.

Moliyaviy savodxonlik qoidalari, daromad va xarajatlarni rejalashtirish, mablag‘larni jamg‘arish, qarz olishda ehtiyotkorlik kabi muhim bilimlar bilan o‘rtoqlashildi.

Seminarda ishtirok etganlar:

A. Ilyosov – UBS Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i

N. Jumaniyozov – O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi mutaxassisi

L. Grauberger – Germaniya Sparkasseistitung tashkiloti xodimi

K. Umarov – Namangan viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari

A. Tojiboev – Namangan viloyati hududiy boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i o‘rinbosari

 

Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berildi.

13
Hamma yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo