Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

“University of Business and Science” Yoshlar yetakchisi taqdirlandi

 Ozbekiston Yoshlar Ittifoqi Namangan viloyati Kengashi tomonidan professional ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari uchun mazmunli va samarali oʻquv-seminar tashkil etildi.

Tadbir davomida yetakchilar yoshlar bilan ishlashning samarali usullari, liderlik ko‘nikmalari, loyihalar boshqaruvi hamda innovatsion tashabbuslar haqida muhim bilim va tajriba almashdilar.

Seminar qizg‘in munozaralar, amaliy mashg‘ulotlar va interaktiv treninglar bilan boyitilib, ishtirokchilar uchun juda foydali bo‘ldi.

Yakunda faol ishtirok etgan yoshlar yetakchilari statuetkalar va sertifikatlar bilan taqdirlandi. Ularning orasida “University of Business and Science” yoshlar yetakchisi Abror Rafiqov ham bor.

 

119
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo