Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

UBS ta’lim sohasida dunyoda TOP – 100 talikka kiruvchi universitet bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatmoqda

“University of Business and Science”ga Avstraliyaning nufuzli oliygohlaridan biri Macquarie University vakillari tashrif buyurdi.

Uchrashuvda universitetimiz tomonidan Kuzatuv Kengashi raisi Elyor Jumayev, Kuzatuv Kengashi raisi o‘rinbosari Zufar Xurramov va Toshkent filiali rahbarining moliyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Azamat Abdurayimov va Macquarie University tomonidan Shimoi-sharqiy Osiyo va YevroOsiyo mamlakatlari bo‘yicha menejer Kevin Xvan, Global aloqalar bo‘yicha prorektor Antoni Kaxaln, Yevrosiyo mamlakatlari bo‘yicha direktor Met Monkhaus ishtirok etdi.

Sidney shahrida joylashgan ushbu universitet biznes, IT, moliya va tibbiyot yoʻnalishlarida yetakchi oʻrinlarda boʻlib, QS Jahon Universitetlari Reytingida 130-oʻrinni egallagan.

Rasmiy uchrashuvda:

— talabalar almashinuvi va amaliyot dasturlari,

— professor-oʻqituvchilar malakasini oshirish va ilmiy-tadqiqodlar qilish dasturlari,

— yozgi maktablar va boshqa masalalar boʻyicha keng muhokama qilindi.

Shuningdek, delegatsiya talabalar bilan ham uchrashib, Avstraliya ta’lim tizimi va o‘qish imkoniyatlari bilan tanishtirdi.

Macquarie University vakillari universitetimizning qisqa vaqt davomidagi faoliyati, muvaffaqiyatlari va xalqaro aloqalarini e’tirof etib, ushbu hamkorlikdan va universitetimizni global miqyosda yanada rivojlanishiga o‘z hissasi qo‘shilishidan mamnun ekanini bildirdi.

Bunday nufuzli universitetlar bilan hamkorliklar oliygohimizda taʼlim sifatini yanada oshirish va bilim almashinuvlarini kengaytirishga xizmat qilishi shubhasiz.

235
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo