Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

“Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi va jadidlar harakatida ilm-fan, ta’lim va tarbiya masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi “Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” PK-462-son Qarori va Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirligining 2025-yil 19-fevraldagi 70-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida University of Business and Science oliy ta’lim muassasasining Toshkent filialida joriy yilning 8-aprel kuni “Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi va jadidlar harakatida ilm-fan, ta'lim va tarbiya masalalari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi an’anaviy va masofaviy (onlayn) shaklda bo‘lib o‘tadi. Mazkur konferensiyada professor-о‘qituvchilar, doktorant va mustaqil izlanuvchilar, magistratura va bakalavriat talabalari konferensiya mavzusidan kelib chiqib, о‘zlarining ilmiy maqola va tezislari bilan ishtirok etishlari mumkin.

Konferensiyaga qabul qilingan barcha materiallar qayta kо‘rib chiqilgandan sо‘ng, konferensiya materiallari elektron shaklda nashr etiladi.

Eng yaxshi maqola mualliflari diplom va sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Konferensiyaning tili: о‘zbek tili.

Konferensiya quyidagi shо‘balarda о‘tkazilishi rejalashtirilgan:

- Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodi, uning ilmiy-siyosiy faoliyati;

- Mahmudxo‘ja Behbudiy asarlarining yosh avlodni intellektual va ma'naviy salohiyatini oshirishdagi o‘rni;

- Turkiston ma'rifatparvarlarining g‘oyaviy-siyosiy, ijtimoiy-ma'rifiy va huquqiy-axloqiy qarashlari

- Jadidchilik  g‘oyalari: konseptual tahlil va ilmiy yondoshuvlar Ma’ruza, maqola va tezislar mazmuniga qо‘yiladigan talablar:

- konferensiya mavzusi doirasida bо‘lishi;

- mavzuning dolzarbligi asoslangan bо‘lishi;

- muammoning о‘rganilish darajasi va metodologik asosi yoritilgan bо‘lishi;

- xulosa va tavsiyalarni izchillikda bayon etilgan bо‘lishi lozim.

Tezis va maqolalarni rasmiylashtirishning texnik talablari:

- matn muharriri – MS Word;

- sahifa – A4 о‘lchamida, qatorlar orasi 1,5 oraliqda, chapdan
3 sm, о‘ngdan 1,5 sm, yuqoridan va pastdan 2 smda;

- shrift – Times New Roman, 14 о‘lchamda;

- hajmi – 5-10 bet;

- bitta maqola yoki tezisning mualliflari soni 3 tadan oshmasligi;

- bitta muallifning maqola yoki tezislari soni 2 tadan oshmasligi;

- annotatsiya hamda tayanch sо‘zlar bо‘lishi (namuna bо‘yicha);

- havolalar katta qavsda, matn oxiridagi adabiyotlar rо‘yxati bilan ketma-ketligiga mos tarzda beriladi (namuna bо‘yicha).

Konferensiya uchun maqolalarni qabul qilish mutlaqo BEPUL.

Bitta ishtirokchi ko‘pi bilan 2 ta Maqola va tezis taqdim etishi mumkin.

Maqola va tezislar Antiplagiat dasturida tekshirilgan, maqola va tezislarning originalligi kamida 70 foizdan past bо‘lmasligi lozim.

Maqola va tezislar 2025-yil 25-martga qadar S.Elmurodov
(Tel. (97) 477-35-75) telegram manzillariga
(Muallif F.I.SH.doc) shaklida yuborilishi lozim.

Murojaat uchun: A.Saidnomanov tel: (90) 036-88-77 elektron pochta: a.saidnomonov@ubsu.uz

                                   

DIQQAT!

Konferensiyada ishtirok etish uchun tezis, talabnomalar 2025-yilning 25-mart kuniga qadar qabul qilinadi (shu kuni ham). Belgilangan muddatdan so‘ng jo‘natilgan tezis va maqolalar qabul qilinmaydi.

Tashkiliy qo‘mita ilmiy materiallarni tanlab olish huquqiga ega.

Faqat tahrir hay’ati tomonidan nashrga tavsiya etilgan va nashr xarajatlari uchun to‘lovni amalga oshirgan mualliflarning tezislari chop etiladi.

Konferensiya materiallari ilmiy elektron shaklda chop etiladi va mualliflarga yuboriladi.

Tezisdagi ma’lumotlar, faktlar va statistikalarning to‘g‘riligiga mualliflar mas’uldir.

256
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo