Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

“Vazir kubogi” sport musobaqasi

“Vazir kubogi” sport musobaqasida UBS Toshkent filiali rahbari Rozaxon Shoeva faxrli 1-o'rinni egalladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2025-yil 13-fevral kuni o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida sportni rivojlantirish va aholi jismoniy faolligini oshirish bo‘yicha belgilangan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent shahridagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari o‘rtasida “Vazir kubogi” sport musobaqasi tashkil etildi.

- UBS Toshkent filiali rahbari Rozaxon Shoeva shaxmat va stol tennisi bahslarida faol ishtirok etib faxrli 1-o'rinni egalladi. Shuning bilan birgalikda hamkasblari bilan sport orqali do‘stlik va hamkorlikni mustahkamlashga hissa qo‘shdi.

Musobaqa nafaqat sport bellashuvi, balki yetakchilar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlovchi muhim tadbir bo‘ldi. 

Rozaxon Ismailjanovnaning sport bilan hamnafas hayot kechirishi — yetakchilarga o‘rnak bo‘ladigan ajoyib fazilat!

78
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo