Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

“Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili”ga bag‘ishlangan seminar

“University of Business and Science”ning Toshkent filialida Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, professor Baxodir G‘oyibnazarov tomonidan “Makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar tahlili” mavzusida seminar o'tkazildi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarining hozirgi holati va rivojlanish dinamikasi chuqur iqtisodiy-statistik tahlil asosida ko‘rib chiqildi.

Mutaxassislar bilan birgalikda mamlakat iqtisodiyotining ustuvor yo‘nalishlari va dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Mazkur uchrashuv universitetimiz mutaxassislari va talabalari uchun iqtisodiyot bo'yicha bilimlarini yana boyitish imkonini berdi.

12
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo