UBS'da ko‘kalamzorlashtirish kuni
22-aprel kuni UBSning Toshkent filialida o‘tkazilgan seminar maktabgacha ta’limning tub mohiyati va farzand tarbiyasida muhim omillar mavzusiga bag‘ishlandi. Uchrashuv mehmoni — 15 yillik tajribaga ega xalqaro toifadagi ingliz tili o‘qituvchisi, mentor va ta’lim bo‘yicha malakali mutaxassis Aziza Kodirova bo‘ldi.
“Bolaning miyasi 6 yoshgacha 90% rivojlanadi. Shu sababli, har bir so‘zimiz, har bir harakatimiz uning butun hayotiga asos bo‘lishi mumkin”, — deya ta’kidladi mutaxassis. Seminar davomida erta ta’limning psixologik, ijtimoiy va emotsional jihatlari chuqur tahlil qilindi, “Men seni eshitayapman”, “Sen buni uddalading” kabi ifodalarning tarbiyaviy kuchi misollar orqali tushuntirildi.
Tadbirda UBS talabalari, o‘qituvchilari hamda tashrif buyurgan mehmonlar faol ishtirok etib, savollar yo‘llash, fikr almashish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Samimiy muhitda o‘tgan suhbat, ayniqsa, ta’lim sohasiga qiziquvchilarda katta taassurot qoldirdi. Ushbu uchrashuv maktabgacha ta’limga yangicha qarash, farzand tarbiyasida ongli yondashuvni shakllantirish sari muhim qadam bo‘ldi.
UBS'da ko‘kalamzorlashtirish kuni
Yurakda bahor, nigohlarda shodlik
Tibbiyot yo‘nalishi talabalari amaliyotda
Navro‘z – bu nafaqat bahorning, balki birdamlik va ezgulikning ham bayrami!
Munosiblar taqdirlandi
Talabalar turar joyiga bayram tuhfası!
Bankda qanday muvaffaqiyatli karyera qilish mumkin?
Cheer sporti turnirining ochilish marosimi
Elektr energiyasini tejash tashabbusi
"Zakovat" musobaqasi o’tkazildi
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin