Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

University of Business and Science Kuzatuv Kengashi

Kuzatuv kengashi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Universitet Ustavi va ushbu Nizomga muvofiq amalga oshiradi.

Kuzatuv kengashining asosiy vakolatlari:

  • Universitet strategik rivojlantirish dasturini tasdiqlash va nazorat qilish.
  • O‘rta muddatli biznes-rejani shakllantirish va muhokama qilish.
  • Ta‘lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklar bo‘yicha qabul parametrlarini belgilash.
  • Rektor va prorektorlar faoliyatini baholash.
  • Moliyaviy nazorat xizmatini tashkil etish va hisobot olish.

Kuzatuv kengashi raisi vakolatlari:

  • Kengash majlisi kun tartibini belgilash va uni chaqirish.
  • Kengash qarorlarini tasdiqlash va nazorat qilish.
  • Yillik ish rejasini tasdiqlash va muhokama qilish.
  • Davlat organlari va boshqa tashkilotlarda vakillik qilish.

Kuzatuv kengashi kotibi vakolatlari:

  • Kengash faoliyatini tashkiliy-texnik ta‘minlash.
  • Majlis hujjatlarini tayyorlash va tasdiqlash.
  • Kengash a‘zolarini xabardor qilish.
  • Qarorlar bajarilishi monitoringini yuritish.

Kengash majlislarining tartibi:

Majlislar zaruriyatga ko‘ra, biroq har chorakda kamida bir marta o‘tkaziladi.

  • Kengash qarorlari ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilinadi.
  • Kun tartibi masalalari bo‘yicha qarorlar kengash a‘zolariga oldindan yuboriladi.
  • Kengash bayonnomalari rasmiy ravishda saqlanadi.