+998 78 113 26 26

UBSda Hindiston delegatsiyasi bilan hamkorlik uchrashuvi

Kuni kecha UBS'da mamlakatimizdagi Hindiston elchixonasi 2-Kotibi Sitesh Kumar va “Lal Baxadur Shastri” madaniyat markazi direktori boshchiligidagi delegatsiyasi (Sudxar Ragavandran, Nikita Singx, Nigora Ernazarova) bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda universitetimiz rektori Karimjon Boymirzayev, prorektorlar Nodirbek Sotvoldiyev, Baxtiyar Sattarov, xalqaro hamkorlik boʻlimi boshligʻi Ravshan Ismoilov va kafedra mudirlari ishtirok etdi.

Hamkorlik uchrashuvi davomida Hindiston — O‘zbekiston oʻrtasida taʼlimiy, ilmiy aloqalarni bog‘lash, birgalikda xalqaro konferensiyalar oʻtkazish, professor-oʻqituvchilar, talabalar oʻrtasida akademik almashuv, malaka oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shuningdek, Hindistonning AYTEK dasturi loyihalarida qatnashish hamda hindistonlik talabalarning universitet tomonidan ajratilgan grantlar asosida axborot-texnologiyalari, menejment, turizm va iqtisodiyot sohalarida oʻqishlari, yoga sohasi va Hindiston yakka kurashi sohasini bizda ham rivojlantirish hamda universitetda Hindiston madaniyat markazini ochish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

36
Hamma yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo