Xitoyning yirik ta’lim kompaniyasi UBSda
14-oktabr kuni UBS, Xitoyning eng yirik xususiy ta’lim kompaniyalaridan biri — "Hope Education Group" vakillarini qabul qildi. Delegatsiyaga kompaniyaning xalqaro aloqalar bo‘limi direktori Kivi Liang boshchilik qildi.
Ma’lumot uchun: "Hope Education Group" tarkibida 27 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, ulardan 11 tasi universitet, 16 tasi kollej hisoblanadi. Kompaniya shuningdek Malayziya, Tailand, Vengriya va Belarusda joylashgan 4 ta xorijiy universitetni to‘liq sotib olgan. Bugungi kunda kompaniyada 300 mingdan ortiq talabalar tahsil olmoqda, 17 ming nafardan ziyod xodimlar faoliyat yuritmoqda.
Tashrif davomida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar:
Talabalarni va o'qituvchilar almashinuv;
Ilmiy tadqiqot va kadrlar mobilligi;
Qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;
Yangi fakultet tashkil etish tashabbuslari;
Uchrashuvda UBS Universitet Kuzatuv Kengashi rais o'rinbosari Zufar Xurramov, xalqaro bo‘lim vakillari — Nematulla Zuvaydullayev va Jasur Isroilov ishtirok etib, delegatsiya bilan fikr almashdilar.
UBS o‘zining ochiq muloqotga asoslangan yondashuvi va hamkorlikka tayyorligi bilan xalqaro ta’lim maydonida ishonchli hamkor sifatida namoyon bo‘lmoqda.
Xitoyning yirik ta’lim kompaniyasi UBSda
UBS Erasmus dasturi doirasidagi dastlabki loyihaga start berdi
1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni
UBS talabalari uchun MITda Bootcamp dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
UBS vs Sejong: do‘stlik, yoshlik va ishonch
UBS va Uniview: hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar
Samarqand safari start oldi
Sejong universitetida bayramona amaliyot
Ta'limda chegaralar yo'q
UBS talabalarigа Yevropa sari eshiklar ochilmoqda
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin