+998 78 113 26 26

Hamkorlik aloqalarini kengaytirish yuqori darajaga koʻtarilmoqda

“University of Bayreuth” va “University of Business and Science” oʻrtasida yangi hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Ushbu tashabbus ikki universitet o‘rtasidagi akademik almashinuvlar va ilmiy hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

Hamkorlik doirasida talaba va o‘qituvchilarning ilmiy tajriba almashishi, qo‘shma tadqiqotlar va loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda, bu esa ikki tomonlama bilim almashinuvi va innovatsion rivojlanish imkoniyatlarini oshiradi.

“University of Bayreuth”da universitetimiz delegatsiyasini Xalqaro bo‘lim rahbari Thorsten Parchent rasmiy tarzda kutib oldi.

Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari muhokama qilindi va kelajakda qo‘shma dasturlarni amalga oshirish bo‘yicha rejalar belgilandi.

41
Hamma yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo