Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

UBS professor-o‘qituvchilari XV-Yevroosiyo yoshlari iqtisodiy yubiley forumida ishtirok etmoqda

yil 21-25-aprel kunlari UBSning xalqaro hamkor oliygohi Ural davlat iqtisodiyot universitetida “Yevroosiyo sinergiyasi: koʻp qutublilik — integratsiya — sivilizatsiyalar muloqoti” mavzusidagi XV-Yevroosiyo yoshlari iqtisodiy yubiley forumi bo‘lib o‘tmoqda.

Unda 114 ta mamlakatdan 21 mingdan ortiq ishtirokchilar qatorida UBSning bir qator professor-o‘qituvchilari: Oʻquv ishlari boʻyicha prorektor B.K. Sattarov, universitet dotsentlari A.Y.Axmedov, Q.M.Umarqulov va I.E.Kenjayev hurmatli mehmonlar sifatida qatnashmoqda.

Forum doirasida vakillarimiz tomonidan zamonaviy iqtisodiyot istiqbollari yuzasidan ochiq maʼruzalar oʻtkazilib, yoshlarga universitetimiz haqida batafsil maʼlumot berildi.

Shuningdek, universitetimiz olimlari UrGEU axborot resurs markazi faoliyati bilan atroflicha tanishib, xalqaro adabiyotlar almashinuvi haqida kelishib olishdi.

Bundan tashqari, Keniya, Zambiya, Belorusiya, Rossiyaning bir nechta shaharlaridagi oliy oʻquv yurti vakillari hamda qardosh qoʻshni davlatlar — Tojikiston, Ozarbayjon olimlari bilan istiqbolda ilmiy hamkorlik qilish boʻyicha ham muhokama qilishdi.

196
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo