Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

“The Next Big Thing” startap tanlovi — talabalar innovatsion loyihalarining namoyishi

“University of Business and Science”da talabalar uchun katta imkoniyat eshiklarini ochadigan startap g‘oyalar tanloviga oid taqdimotlar bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarining dolzarb muammolarga yechim bo‘la oladigan, zamonaviy yondashuvga asoslangan loyihalarini universitet rahbariyati va ekspertlar jamoasiga taqdim etdilar.

Shuningdek, tanlov doirasidagi har bir taqdimot qizg‘in bahs-munozaralar, savol-javoblar va amaliy takliflarga boy tarzda o‘tdi.

Endilikda taqdim etilgan loyihalar ekspertlar tomonidan batafsil ko‘rib chiqiladi, zarur hollarda takomillashtirish ishlarini amalga oshirish
bo‘yicha vazifalar beriladi. Shundan so‘ng, eng ilg'or loyiha deb topilgan jamoaga Janubiy Koreya safari yo'llanmasi beriladi.

UBS – har bir innovatsion g‘oya uchun global maydonga olib chiquvchi ishonchli ko‘prik.

87
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo