UBS'da ko‘kalamzorlashtirish kuni
“University of Business and Science” nafaqat mahalliy, balki xalqaro aloqalarini kengaytirishga katta e’tibor qaratmoqda. Universitetimizga Turkiyaning Global Testing Xalqaro Ta’lim Standartlari Jamiyati direktori Emin Atli janoblari tashrif buyurdi. U tashrif davomida universitetimizning o‘quv shart-sharoitlari, dars jarayonlari va talabalar bilan yaqindan tanishdi.
Emin Atli tashrifi davomida, o‘zaro hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilib, universitetimizning xorijiy til sertifikatlari bo‘yicha talabalarimizga qulaylik yaratishga va Turkiyaning nufuzli universitetlari bilan talabalar almashinuvi dasturlarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu hamkorlik, nafaqat talabalarimizning bilim va malakalarini oshirish, balki ilmiy va ta’limiy sohalarda yangi imkoniyatlar yaratishda katta ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bundan tashqari, o‘zaro ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar va seminarlar tashkil etish orqali ikki tomonlama aloqalarni yanada mustahkamlash rejalashtirilgan. Bu hamkorlik universitetimizning xalqaro miqyosda yanada tanilishini ta’minlaydi va talabalarimizning global ta’lim tizimida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishlariga zamin yaratadi.
UBS'da ko‘kalamzorlashtirish kuni
Yurakda bahor, nigohlarda shodlik
Tibbiyot yo‘nalishi talabalari amaliyotda
Navro‘z – bu nafaqat bahorning, balki birdamlik va ezgulikning ham bayrami!
Munosiblar taqdirlandi
Talabalar turar joyiga bayram tuhfası!
Bankda qanday muvaffaqiyatli karyera qilish mumkin?
Cheer sporti turnirining ochilish marosimi
Elektr energiyasini tejash tashabbusi
"Zakovat" musobaqasi o’tkazildi
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin