UBS'da ko‘kalamzorlashtirish kuni
UBS va Koreya Respublikasidagi nufuzli OTMlardan biri Dongshin universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolandi.
Dongshin universiteti- tibbiyot va ijtimoiy fanlar, muhandislik hamda texnologiyalar sohasidagi o'quv dasturlari bilan tan olingan taniqli oliy ta'lim muassasasi hisoblanib, qariyb 40 yillik tajribaga ega hisoblanadi.
Ushbu memorandum xalqaro akademik aloqalarni mustahkamlash yo‘lidagi muhim qadam bo‘lib, talabalar va professor-o‘qituvchilarga hamkorlik va kasbiy o‘sish uchun noyob imkoniyatlar taqdim etadi.
Memorandumda hamkorlikning turli yo‘nalishlari keltirilgan, jumladan:
- Talabalar, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar uchun almashinuv dasturlari;
- Qo‘shma tadqiqot tashabbuslari va ilmiy loyihalar;
- Ma’ruzalar, simpoziumlar va ilmiy tadbirlarni tashkil etish;
- Ta’lim resurslari va materiallarini ulashish.
Tomonlar o’rtasidagi strategik sheriklik bilan ikki universitet o‘rtasida akademik hamkorlik, tadqiqot innovatsiyalari va talabalar almashinuvi ishlari yo‘lga qo‘yiladi.
Eslatib o’tamiz, UBS avvalroq Koreyaning TOP-10 va dunyoning TOP-250 talik ro‘yxatiga kirgan Sejong universiteti bilan qoʻshma taʼlim dasturini amalga oshirish bo‘yicha memorandum imzolagandi. Sejong universiteti bilan talabalar almashinuvi, talabalar uchun Koreyada amaliyot tashkil etish, o‘qituvchilar malakasini oshirish bo’yicha kelishib olingan.
Bunday hamkorlik memorandumlari universitetimiz talabalarining yanada sifatli ta’lim olib, mehnat bozorida qimmatli kadr bo‘lishlariga yo’l ochib beradi, shubhasiz!
UBS'da ko‘kalamzorlashtirish kuni
Yurakda bahor, nigohlarda shodlik
Tibbiyot yo‘nalishi talabalari amaliyotda
Navro‘z – bu nafaqat bahorning, balki birdamlik va ezgulikning ham bayrami!
Munosiblar taqdirlandi
Talabalar turar joyiga bayram tuhfası!
Bankda qanday muvaffaqiyatli karyera qilish mumkin?
Cheer sporti turnirining ochilish marosimi
Elektr energiyasini tejash tashabbusi
"Zakovat" musobaqasi o’tkazildi
Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin