Toshkent sh., Chilonzor t., Yakkabog‘ MFY Gavhar ko‘chasi, 1-uy
Du-Sha 09:00-18:00

Koreyada amaliyot va ta’lim imkoniyatlari

24-aprel kuni "University of Business and Science"ning Toshkent filialida bo‘lib o‘tgan seminar yoshlar orasida katta qiziqish uyg‘otdi. Tadbir Koreyada ta’lim olish va amaliyot o‘tashni orzu qilayotgan talabalar uchun juda qiziqarli va ma’lumotlarga boy bo‘ldi.

Seminar davomida ishtirokchilarga Koreyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikdagi ta’lim va internship dasturlar, grantlar, qisqa muddatli amaliyotlar va startap tanlovlar orqali Koreyada amaliyot o‘tash imkoniyatlari haqida batafsil tushuncha berildi.

Shuningdek, seminar doirasida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, Koreya bilan bog‘liq akademik yo‘nalishlar, qo‘shma dasturlar va real tajriba orttirish yo‘llari haqida bevosita ma’lumot olishdi.

Uchrashuv UBS talabalari va o‘qituvchilari uchun nafaqat yangi ma'lumotlar manbai, balki global orzular sari dadil qadam tashlashga undovchi motivatsion maydonga bo‘lib xizmat qildi.

6
Barcha yangiliklar
University of Business and Science bo‘yicha katalog
Katalogni yuklab olish

Katalogda fakultetlar va o‘quv jarayoni haqida maʼlumot olishingiz mumkin

+998 78 113 26 26
logo