г. Ташкент, Чиланзарский район, улица Яккабог МФЙ Гавхар, дом 1
Пн-Сб 09:00-18:00

Tibbiyot sohasidagi kadrlarni tayyorlashda Turkiya tajribasi oʻrganilmoqda

University of Business and Science talabalarga yanada kengroq imkoniyatlar yaratish uchun xalqaro hamkorlik aloqalarini tobora kengaytirmoqda.

Ayni kunlarda Turkiyada boʻlib turgan universitetimiz vakillari Karabuk universiteti va Turkiya sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli ta'lim va tadqiqot shifoxonasi bosh shifokori Dr. Erkan Dogʻan bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tibbiyot sohasidagi yangiliklar, bu borada malakali kadrlari yetishtirishda Turkiya tajribasini oʻrganish boʻyicha oʻzaro fikr almashildi.

Shuningdek, UBS vakillari Turkiya sog’liqni saqlash vazirligiga qarashli ta'lim va tadqiqot shifoxonasi faoliyati bilan tanishdilar.

Bunda universitetimiz vakillariga bosh shifokor Dr. Erkan Dogʻan va uning yordamchilari Zehra Alinjak, Alper Iynem va Aybala Jebejik Oʻzjanlar hamrohlik qilishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muzokarada koʻtarilgan masalalar boʻyicha hamkorlik va muloqotlarni izchil davom ettirishga kelishib olishdi.

446
Все новости
Каталог о Университете бизнеса и науки
Скачать каталог

В каталоге вы можете получить информацию о факультетах и учебном процессе

+998 78 113 26 26
logo