UBS tibbiyot yo‘nalishi o‘qituvchisi, doktor Burxanov Jasurjon Jamshid o‘g‘li talabalarga tibbiyot sohasida muvaffaqiyat qozonishning asosiy omillari haqida qimmatli maslahatlar beruvchi seminar o‘tkazdi.
Seminar davomida u tibbiyot xodimining ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini oshirish, tajriba orqali ko‘nikmalarini shakllantirish va qat’iyatli bo‘lishning ahamiyatini alohida ta’kidladi.
Shuningdek, doktor Burxanov tibbiyot sohasida yuqori malakali mutaxassis bo‘lish uchun doimiy o‘rganish, yangi texnologiyalarni o‘rganish va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish zarurligini ta’kidladi. Ishtirokchilar, shuningdek, ilmiy izlanishlar va amaliyotning muhimligini tushunib, o‘z kelajakdagi karyeralari uchun yangi maqsadlar belgilashdi.
Если у вас есть вопросы, пожалуйста, оставляйте их
Связаться с нами