Ayni kunlarda AQShda bo‘lib turgan UBS rahbariyati dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Massachusets Texnologiya Instituti (MIT) bilan hamkorlik o‘rnatgani xabar bergan edik.

Tashrif davomida UBS Kuzatuv Kengashi raisi, Prof. Elyorjon Jumayev MIT Horizon tashkiloti direktori Ketlin Kennedi xonim bilan uchrashib, UBS professor-o'qituvchilarining malaka oshirishlari bo'yicha kelishuvga erishildi.
Kelishuvga ko‘ra, 1 yil davomida UBSning 100 nafar professor-o'qituvchilari tahlis olib, MIT tomonidan beriladigan rasmiy sertifikatga ega bo‘ladi.
Malaka oshirgan professor-o‘qituvchilarimiz kelgusida ushbu bilim va yondashuvlarni UBS talabalari bilan bo‘lishib, xalqaro standartlarga mos ta’lim berish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Если у вас есть вопросы, пожалуйста, оставляйте их
Связаться с нами