Xitoyning yirik ta’lim kompaniyasi UBSda
Bugun, Malayziyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Albukhoriy Xalqaro Universiteti (AIU) rektori, professor, doktor Mohd Saleh bin Jaafar boshchiligidagi delegatsiya "University of Business and Science"ning Toshkent filialiga rasmiy tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, ilmiy-akademik almashinuvni rivojlantirish va ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha muhim masalalar muhokama qilindi. Shuningdek, hamkorlik doirasida ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasida malaka oshirish, stajirovka va tajriba almashish dasturlarini yo‘lga qo‘yish hamda ushbu tashabbuslarni to‘liq moliyaviy ta’minlash masalalari bo‘yicha muzokaralar olib borildi.
Maʼlumot uchun: AIU o‘z faoliyatida ijtimoiy jihatdan kam ta’minlangan, lekin bilim olishga chanqoq yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratadi. Universitetda hozirda 40 dan ortiq mamlakatdan kelgan xalqaro talabalar tahsil olmoqda.
Mazkur tashrif ikki universitet o‘rtasidagi strategik hamkorlikni yanada mustahkamlab, yosh avlodga sifatli ta’lim va global tajriba olish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
Xitoyning yirik ta’lim kompaniyasi UBSda
UBS Erasmus dasturi doirasidagi dastlabki loyihaga start berdi
1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni
UBS talabalari uchun MITda Bootcamp dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
UBS vs Sejong: do‘stlik, yoshlik va ishonch
UBS va Uniview: hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar
Samarqand safari start oldi
Sejong universitetida bayramona amaliyot
Ta'limda chegaralar yo'q
UBS talabalarigа Yevropa sari eshiklar ochilmoqda
В каталоге вы можете получить информацию о факультетах и учебном процессе