г. Ташкент, Чиланзарский район, улица Яккабог МФЙ Гавхар, дом 1
Пн-Сб 09:00-18:00

UBS va Uniview: hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar

UBS va Uniview: hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar

UBS universitetida Xitoyning yetakchi texnologik kompaniyalaridan biri Uniview vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, ushbu Kompaniya videokuzatuv va xavfsizlik tizimlari bo‘yicha 145 dan ortiq mamlakatda faoliyat yuritadi.

Muloqot davomida:

ta’lim va ilmiy tadqiqot yo‘nalishlarida hamkorlik qilish,

talabalar hamda professor-o‘qituvchilar malaka oshirish dasturlarini yo‘lga qo‘yish,

universitetni zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlash,

qo‘shma seminarlar va amaliy treninglar tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Tomonlar ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishuvga erishdilar.

Mazkur uchrashuv UBS universitetining xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, akademik almashinuvni rivojlantirish hamda ta’lim sifatini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi. Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

63
Все новости
Каталог о Университете бизнеса и науки
Скачать каталог

В каталоге вы можете получить информацию о факультетах и учебном процессе

+998 78 113 26 26
logo