"University of Business and Science"ning nafaqat ustozlari, balki talabalari ham xalqaro maydonlarda bo‘y ko‘rsata boshlagan. Ularni tez-tez siz bilan bo‘lishishdan mamnun bo‘lamiz!
Bugun Toshkenti azimda Fransiyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Yilning eng yaxshi izlanuvchilari“ nomli xalqaro ilmiy-amaliy forumi ishtirokchilari tantanali taqdirlandi.
Ular orasida UBS Pedagogika-psixologiya yo‘nalishi talabalari va shu kafedra o‘qituvchisi Munira Nishonova ham bor.
- Ularga “Yilning eng yaxshi izlanuvchilari“ ko‘krak nishoni, maxsus statuetka va guvohnoma taqdim etildi.
Marosim O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasining Madaniyat va maʼrifat markazida OAV vositalari ishtirokida o‘tkazildi.
Ustozimiz va talabalarimizni ushbu ulkan yutuq bilan muborakbod etib, ularga bundan-da katta muvaffaqiyatlar tilaymiz!
If you have any questions, please leave them
Contact us