LocationChilanzar
WorkingDay

1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni

1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni

Ushbu bayram munosabati bilan universitetimizning barcha binolarida bayramona ruh hukm surdi.

Talabalarimiz aziz ustozlarini quvonchli kayfiyat, samimiy so‘zlar va iliq tabassumlar bilan kutib olishdi. Bu nafaqat bayramona tashabbus, balki ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va minnatdorchilikning yaqqol ifodasidir.

Ustoz – inson qalbiga ilm va ma’naviyat urug‘ini sochadigan, o‘z fidoyiligi bilan kelajak avlodni tarbiyalovchi eng ulug‘ zotdir.

Bugungi tadbir esa ustoz va shogird o‘rtasidagi mehr-oqibat rishtalarining naqadar mustahkam ekanini ko‘rsatdi. Biz barcha ustozlarimizni ushbu qutlug‘ sana bilan tabriklaymiz!

419
All news
Catalog about the University of business and science
Download catalog

In the catalog you can get some information about the faculties and the learning process

+998 78 113 26 26
logo