LocationChilanzar
WorkingDay

Xitoyning yirik ta’lim kompaniyasi UBSda

Xitoyning yirik ta’lim kompaniyasi UBSda

14-oktabr kuni UBS, Xitoyning eng yirik xususiy ta’lim kompaniyalaridan biri "Hope Education Group" vakillarini qabul qildi. Delegatsiyaga kompaniyaning xalqaro aloqalar bo‘limi direktori Kivi Liang boshchilik qildi.

Ma’lumot uchun: "Hope Education Group" tarkibida 27 ta oliy ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, ulardan 11 tasi universitet, 16 tasi kollej hisoblanadi. Kompaniya shuningdek Malayziya, Tailand, Vengriya va Belarusda joylashgan 4 ta xorijiy universitetni to‘liq sotib olgan. Bugungi kunda kompaniyada 300 mingdan ortiq talabalar tahsil olmoqda, 17 ming nafardan ziyod xodimlar faoliyat yuritmoqda.

Tashrif davomida tomonlar quyidagi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar:

Talabalarni va o'qituvchilar almashinuv;

Ilmiy tadqiqot va kadrlar mobilligi;

Qo‘shma ta’lim dasturlarini ishlab chiqish;

Yangi fakultet tashkil etish tashabbuslari;

Uchrashuvda UBS Universitet Kuzatuv Kengashi rais o'rinbosari Zufar Xurramov, xalqaro bo‘lim vakillari Nematulla Zuvaydullayev va Jasur Isroilov ishtirok etib, delegatsiya bilan fikr almashdilar.

UBS o‘zining ochiq muloqotga asoslangan yondashuvi va hamkorlikka tayyorligi bilan xalqaro ta’lim maydonida ishonchli hamkor sifatida namoyon bo‘lmoqda.

136
All news
Catalog about the University of business and science
Download catalog

In the catalog you can get some information about the faculties and the learning process

+998 78 113 26 26
logo