1770

Konstitutsiya — farovon hayot garovi

UBS Toshkent filialida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan mazmunli davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda Konstitutsiyaning jamiyat rivojidagi o‘rni, uning fuqarolik huquqlari va erkinliklarini kafolatlashdagi ahamiyati haqida qizg‘in fikr-mulohazalar bildirildi.

 

Tadbirda ishtirok etgan hurmatli mehmonlar va UBS rahbariyati:

  Shoeva Roza Ismailjanovna – UBS Toshkent filiali rahbari, talabalarga huquqiy bilimlarning ahamiyatini alohida ta’kidladi;

  Xudayberganov Ravshanbek Xudayberganovich – Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha rahbarning birinchi o‘rinbosari, yoshlarning davlat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatlari haqida so‘z yuritdi;

  Shukrullo Jo‘rayev – Xalqaro Islom Akademiyasi dotsenti, Konstitutsiyaning axloqiy va milliy qadriyatlar bilan uyg‘unligi haqida ma’ruza qildi;

  Qo‘chqarov Shoxrux Farrux o‘g‘li – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zosi, yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirishda Yoshlar parlamentining o‘rni haqida fikr bildirdi;

  Bo‘ronboyeva Xushriyo Toshkenbayevna – Toshkent viloyati pedagogik mahorat markazi Tarix va huquq fani metodisti, Konstitutsiyaviy islohotlarning ta’limga ta’siri haqida ma’lumot berdi.

 

Tadbir so‘ngida mehmonlarga o‘z hissasi uchun minnatdorchilik bildirilgan holda tashakkurnomalar topshirildi.

 Bu kabi tadbirlar yoshlarimizning huquqiy bilimlarini oshirish va ularning huquqiy ongini yuksaltirishda muhim ahamiyatga ega.

Yangi O‘zbekiston kitoblar jamlanmasi dunyoning 1-raqamli oliy ta’lim muassasasi markaziy kutubxonasidan joy oldi

Xitoyning yirik ta’lim kompaniyasi UBSda

UBS Erasmus dasturi doirasidagi dastlabki loyihaga start berdi

1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni

UBS talabalari uchun MITda Bootcamp dasturlari yo‘lga qo‘yiladi

UBS vs Sejong: do‘stlik, yoshlik va ishonch

UBS va Uniview: hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar

Samarqand safari start oldi

Sejong universitetida bayramona amaliyot

Ta'limda chegaralar yo'q

If you have any questions, please leave them

Have a question? We’re ready to listen.

Contact us

Do you have a question, suggestion, or feedback? Get in touch with us — we’d be happy to hear from you.

Our branches:

  • Phone numbers:

  • +998 99 746 98 99
  • +998 99 849 98 98
  • Working hours:

  • Dushanbadan - Shanbagacha
  • 08:00 - 18:00 gacha
  • Email:

  • info@ubsu.uz
  • Telegram bot:

  • @Ubsuzbekistan_bot
logo
University
For applicants
For students
Course of Study
News
Submit an application