O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganiga 35 yil to‘lgani munosabati bilan Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universitetida "Til va ta’lim: muammo va yechimlar" mavzusida talabalarning II Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Anjumanda davlat tili va ta’limni rivojlantirish yuzasidan muhim yechimlar muhokama qilindi.
Tadbirda UBS talabalari ham ishtirok etib, o‘z ma’ruzalari va taqdimotlarini namoyish qildilar hamda sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, anjumanda ishtirokchilar o‘z fikr-mulohazalarini bildirish, davlat tilining ta’lim tizimidagi o‘rni va ahamiyatini yanada oshirish bo‘yicha takliflar ilgari surdilar. Konferensiya, tilni rivojlantirish va ta’lim jarayonlarini modernizatsiya qilishga qaratilgan istiqbolli loyihalar va tadbirlarni tashkil etish uchun yangi imkoniyatlarni ochdi.
If you have any questions, please leave them
Contact us