23-aprel kuni UBS Toshkent filialida o‘z sohasining mutaxassisi, ekspert Shaxzod Sayfulla ishtirokida Microsoft Excel bo‘yicha xalqaro chempionatga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida talabalar musobaqa shartlari, qatnashish yo‘riqnomalari va tayyorgarlik bosqichlari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘lishdi.

Shuningdek, seminar davomida:
Chempionatga qanday ro‘yxatdan o‘tiladi?
Qanday mezonlar asosida saralash bo‘ladi?
Xalqaro bosqichgacha qanday tayyorgarlik zarur?
kabi savollarga ham ekspert tomonidan javoblar taqdim etildi.

Bu seminar talabalar uchun nafaqat bilim, balki yangi imkoniyat va motivatsiya manbai ham bo‘ldi.
If you have any questions, please leave them
Contact us