2025-yil 20-iyun kuni "University of Business and Science" delegatsiyasi Yaponiyaning nufuzli oliy ta’lim muassasasi — dunyo reytingida TOP-350 talikka kiruvchi Yaponiyaning Tsukuba Universitetiga rasmiy tashrif buyurdi. Bu tashrif UBSning xalqaro akademik maydondagi faolligi va strategik sheriklik siyosatida yana bir muhim bosqich bo‘ldi.

Delegatsiyamizni Tsukuba universiteti vitse-Prezidenti Prof.Mitsuyasu Kato, Xalqaro bo'lim rahbari Prof.Yuji Kajiyama va Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti dekani Prof.Usuyama Toshinobu kutib olishdi. Uchrashuv doirasida tomonlar o‘zaro hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha muzokaralar olib bordilar.

Ma’lumot o'rnida, Tsukuba Universiteti – Yaponiyaning ilmiy tadqiqot va innovatsiyalarga yo‘naltirilgan ilg‘or oliygohlaridan biri bo‘lib, raqamli gumanitar fanlar, xalqaro aloqalar, madaniyatshunoslik va siyosatshunoslik yo‘nalishlarida dunyo miqyosida yuqori o‘ringa ega.
If you have any questions, please leave them
Contact us