Xitoyning yirik ta’lim kompaniyasi UBSda
Ayni kunlarda University of Business and Science (UBS) rahbariyati Yaponiyaning yetakchi universitetlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish maqsadida ushbu mamlakatda xizmat safarida bo‘lib turibdi. Ta’kidlash joizki, bu tashrif joriy yil iyun oyida Yaponiyada erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomidir.

Xususan, UBS ta’sischisi Omon Sultonov va Kuzatuv kengashi raisi professor Elyorjon Jumayev boshchiligidagi delegatsiyamizni Tsukuba universitetining global aloqalar bo‘yicha vitse-prezidenti professor Osamu Oneda, shuningdek, universitet professor-o‘qituvchilari va Global aloqalar bo‘limi vakillari samimiy kutib olishdi.

Tsukuba universiteti rahbariyati tashrifni akademik almashinuv, qo‘shma tadqiqotlar va institutlararo hamkorlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi muhim qadam sifatida baholadi. Shuningdek, 2025-yil kuzida UBS professor-o‘qituvchilarining ilk guruhi SPJES dasturi doirasida malaka oshirishi rejalashtirilgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ma'lumot o'rnida Tsukuba Universiteti, Yaponiya va xalqaro miqyosda ham o‘z nufuziga ega:
Dunyo reytingida (THE) TOP-350 talik ;
Universitet kattaligi bo‘yicha Yaponiyada 2-o‘rinda;
Yaponiyadagi 800 dan ortiq universitet orasida 6-o‘rinni egallagan.
Xitoyning yirik ta’lim kompaniyasi UBSda
UBS Erasmus dasturi doirasidagi dastlabki loyihaga start berdi
1-oktyabr – Ustoz va murabbiylar kuni
UBS talabalari uchun MITda Bootcamp dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
UBS vs Sejong: do‘stlik, yoshlik va ishonch
UBS va Uniview: hamkorlik orqali yangi imkoniyatlar
Samarqand safari start oldi
Sejong universitetida bayramona amaliyot
Ta'limda chegaralar yo'q
UBS talabalarigа Yevropa sari eshiklar ochilmoqda
In the catalog you can get some information about the faculties and the learning process