1-iyul kuni, "University of Business and Science" delegatsiyasi Janubiy Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalaridan biri — Kyungdong Universitetiga navbatdagi rasmiy tashrifni amalga oshirdi. Ushbu tashrifga UBS ta’sischisi Omon Sultonov boshchilik qildi.

Uchrashuvda shu yilning 16-aprelida imzolangan memorandum asosida qo‘shma ta’lim dasturlarini amaliyotga joriy etish, talabalar almashinuvi, o‘qituvchilar malakasini oshirish, shuningdek, ilmiy va texnologik hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.

If you have any questions, please leave them
Contact us