Bugun, UBS universitetida 2025–2026-o‘quv yilining ilk Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur yigʻilishda universitet rektori, professor Karimjon Boymirzayev boshchiligida ta’lim jarayonini takomillashtirish, akademik strategiyalarni belgilash va yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida yangi o‘quv yilidagi ustuvor yo‘nalishlar, ilmiy-tadqiqot faoliyatini kengaytirish, hamda talabalarga qulay va samarali ta’lim muhitini yaratish bo‘yicha rejalar kelishib olindi.
Shuningdek, universitet tarkibidagi bir qator bo‘lim va fakultetlarga yangi rahbarlar tayinlanib, ularning oldiga aniq vazifalar qo‘yildi.
If you have any questions, please leave them
Contact us